$
 12900.00
-20.16
 14595.06
-86.12
 157.32
-1.29
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

2024-yil 30-iyunning eng muhim voqealari dayjesti

positive

«Osiyo bolalari» o‘yinlarida medallar soni 31 ta

Rossiya Federatsiyasining Yakutsk shahrida davom etayotgan «Osiyo bolalari» o‘yinlarining dzyudo bahslari ham polvonlarimiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi.

Dzyudo musobaqalarining ilk kunida 5 nafar dzyudochilarimiz g‘olib va sovrindorlar safidan joy oldi. Aniqrog‘i, Xushnud Sultonov (-46 kg.), Xushnud Burxonov (-50 kg.) va Muhammadkarim Nozirov (-55 kg.) o‘z vazn toifalarida barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Dzyudochilarimizning 3 oltin va 1 tadan kumush hamda bronza medallaridan so‘ng, delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 11 ta oltin, 11 ta kumush va 9 ta bronza, jami 31 taga yetdi.

Turkmaniston mahsulotlari ko‘rgazmasi ochiladi

Turkmaniston – O‘zbekiston qo‘shma komissiyasi va Turkmaniston – O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlari doirasida 15-16 iyul kunlari Toshkentda “Turkmanistonda ishlab chiqarilgan” mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Hukumat yig‘ilishida Bosh vazir o‘rinbosari B.Otdayev ta’kidlashicha, mazkur tadbir “Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar rejasi”ga muvofiq yuqori darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish choralariga asosan tashkil qilinadi.

BMT Bosh kotibi O‘zbekistonga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish 30 iyun kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Toshkent xalqaro aeroportida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.  

Xirmoni ilk bor 9 mln tonnadan oshdi

Bu yilgi mavsumda ham qisqa fursatlarda suvli maydonlarga ekilgan g‘allazorlardan 2 mln 550 ming tonnadan ortiq yoki har gektar hisobiga 2,5 tonna bug‘doy jamg‘arilib, davlat haridi to‘liq amalga oshirildi va birjalarda sotish uchun omborlarda zahira qilindi, mirishkor fermerlarimiz yuzi yorug‘ bo‘ldi. Bunda, 40 mingga yaqin g‘allachilik fermer xo‘jaliklarining munosib hissasi bor.

Ana shunday yuqori ko‘rsatkichga erishayotgan usta dehqonlarimiz soni yildan-yilga oshayotgani albatta, quvonchli. Joriy mavsumda 4,5 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari 100 sentnerdan yuqori xirmon yaratdi.

Eng quvonchlisi, hali dalalarimizda g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari qizg‘in davom etmoqda. Qolgan suvli maydonlar hamda lalmi va chorvachilik xo‘jaliklari maydonlarida yetishtirilgan hosil hisobidan 9 mln tonnadan ortiq ulkan g‘alla xirmoni yaratildi, uni soha fidoiylari qisqa muddatlarda to‘liq yig‘ib olish uchun astoydil mehnat qilmoqda.

Теги :
Jamiyat