Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 96 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +10° kechasi +8°

2024-yil 27-iyunning eng muhim voqealari dayjesti

O‘zbekistonning IT yo‘nalishi bo‘yicha faxriy elchisi, loyihalari qurilishi boshlandi, Xitoy-Yevrosiyo ko‘rgazmasi, yashil texnologiyalarni yaratish laboratoriyasi— kunning eng muhim xabarlari.

2 daqiqa o‘qiladi

2024-yil 27-iyunning eng muhim voqealari dayjesti

Orolbo‘yida yashil texnologiyalarni yaratish laboratoriyasi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsion markazi olimlaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Orolboʻyi xalqaro innovatsion markazi direktori B.Habibullaev va Shinjon ekologiya va geografiya instituti bosh direktori oʻrtasida “Orolbo‘yida yashil texnologiyalarini tadqiq qilish, ishlab chiqish va namoyish etish bo‘yicha qo‘shma laboratoriya” tuzish bo'yicha shartnoma imzolandi. 

O‘zbekiston turizmi Xitoy-Yevrosiyo ko‘rgazmasida 

Xitoy xalq Respublikasining Urumchi shahrida Xitoy-Yevrosiyo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Xalqaro ko‘rgazmada “Made in Uzbekistan” nomi ostida O‘zbekiston stendi ham taqdim qilinmoqda.

 Xitoy sayyohlik bozorini jalb etishda ahamiyatli bo‘lgan hunarmandchilik mahsulotlarimiz, gastroturizm, tibbiy turizm, agroturizim, ekstremal tog‘ turizmi, shuningdek, tarixiy qadamjolarlarimiz va safari turizm imkoniyatlari ham keng targ‘ib etilmoqda.

Zomin texnoparkida investitsiya loyihalari qurilishi boshlandi

Jizzax viloyatida so‘nggi besh yilda qayta ishlash sanoati hajmi 1,6 barobarga ko‘payib, o‘tgan yilning o‘zida 19 trillion so‘mni tashkil qilgan. Eksport hajmi 2,2 barobarga oshib, 202 million dollarga yetgan. 

Endi tumanda Xitoyning “Mingyuan” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Texnopark” maxsus sanoat zonasi barpo etilmoqda. Buning uchun 400 gektar yer maydoni ajratilgan. Uni infratuzilma bilan ta’minlash bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlanib, 160 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Bu boradagi amaliy ishlar avvalroq boshlangan bo‘lib, 30 dan ortiq loyihalar shakllantirilgan. Ularga xitoylik investorlar tomonidan 1,2 milliard dollar investitsiya yo‘naltiriladi.

Marosimda prezident ramziy tugmani bosib, texnoparkdagi ilk investitsiya loyihalari qurilishini boshlab berdi.

O‘zbekistonning IT yo‘nalishi bo‘yicha Janubiy Koreyadagi faxriy elchisi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Janubiy Koreya Respublikasi xavfsizlik va davlat boshqaruvi vazirining birinchi o‘rinbosari hamda O‘zbekiston Respublikasi AKT vazirining sobiq o‘rinbosari Kim Nam Sok bilan uchrashdi.

Uchrashuvda hamkorlikda IT sohasini yanada rivojlantirish, Koreyadagi yetakchi IT kompaniyalarni yurtimizga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.  

Kim Nam Sokka Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekistonning IT bo‘yicha Janubiy Koreyadagi faxriy elchisi bo‘lish taklif etildi.

Kim Nam Sok nutqi davomida Prezidentimizning qo‘llab-quvvatlashi natijasida O‘zbekistonni IT xabga aylantirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi hamda ushbu sharafli vazifani qabul qildi.