$
 12736.48
-21.17
 14193.53
-74.63
 137.60
-0.45
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 26-iyunning eng muhim voqealari dayjesti

26-may

Iordaniyadan g’alaba

Iordaniyada sport kurashlari bo‘yicha o‘tayotgan Osiyo chempionatida U17 yosh toifasidagi bahslar yakunlandi.

Chempionatda erkin kurashchimiz Ulug‘bek Rashidov -48 kg vazn toifasida barcha raqiblarini yengib, oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Jo‘rabek Rahmonov -45 kg. vaznda kumush medal bilan taqdirlandi

Koreya bilan hamkorlik

Toshkent shahar hokimligida Janubiy Koreya poytaxti Seul shahri ta’lim sohasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Durdona Rahimova Seul shahar kengashi hamda Seul munitsipial kengashi ma’muriy o‘z-o‘zini boshqarish muassasasining a’zosi Ok Chji In bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.  

Xususan, ta’lim sohasida tajriba oshirish maqsadida o‘quvchilar, talabalar va kadrlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish taklifi bildirildi. Uchrashuv yakunida taraflar o‘zaro foydali kelishuvlar yo‘lida muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.   

60 trillion so’mlik qurilish ishlari

So‘nggi yillarda mamlakatimizda qurilish ishlari ortib, shahar va qishloqlar bunyodkorlik maydoniga aylanib bormoqda. Birgina misol, joriy yilning o‘tgan davrida qurilish ishlari hajmi salkam 60 trillion so‘mga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107 foizga ortdi.

Yana bir jihat. Bugungi kunda 31 mingdan ortiq qurilish-pudrat tashkiloti ro‘yxatga olingan bo‘lib, ular tomonidan hududlarda zamonaviy bino-inshootlar barpo etish borasida muayyan ishlar qilinmoqda. Shunga monand ravishda qurilish pudrat tashkilotlariga qulaylik yaratish ham birlamchi vazifaga aylangan.   

Prezident tashrifi yakunlandi

26 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan mamlakatimizda davlat tashrifi bilan bo‘lgan Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux to‘rt kunlik tashrifini yakunlab, Ulan-Batorga uchib ketdi.

Urganch xalqaro aeroportida Mo‘g‘uliston rahbari va uning rafiqasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov, viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.  

Теги :
Жамият