$
 12831.13
-55.77
 14542.80
-82.54
 161.07
0.2
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

2024-yil 25-iyunning eng muhim voqealari dayjesti

positive

Mo‘g‘uliston Prezidenti Nurillaboy saroyida bo'ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Xiva shahridagi Nurillaboy saroyida bo‘ldi.

Mazkur saroy XX asr boshlarida bunyod etilgan, madrasa, 100 dan ortiq xona, galereyalardan iborat tarixiy majmuadir. Saroy xonalarini bezashda nafaqat xivalik mohir ustalar, balki chet ellik rassom-dekoratorlar ham ishtirok etgan, ular saroyning sharqona qiyofasiga Yevropaning modern uslubini singdirganlar. Xonalar ichki ko‘rinishi, kaminlari, Venetsiya oynalari va tilla suvi yugurtirilgan bronzadan ishlangan, billur ilgakli qandillari bilan ajralib turadi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasining ochiq stipendiya tanlovi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi Vasiylik kengashining 2024 yil 21 iyundagi 2-son qarorga asosan xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun 500 o‘ringa mo‘ljallangan Jamg‘armaning 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qildi!

Mazkur stipendiya tanlovi uchun o‘rinlar ajratilishda bugungi kunda mamlakatimizda ancha tanqis hisoblagan mutaxassisliklar bo‘yicha, jumladan iqtisodiyotning drayver sohalarga (energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport, arxitektura-qurilish) STEM (ilm-fan, texnologiya, injeneriya va matematika) fanlariga va boshqa ustuvor mutaxassisliklarga alohida e’tibor qaratildi.

AKT statistikasi haftaligi

Poytaxtimizda Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) tomonidan MDH mintaqasi uchun AKT statistikasi haftaligi o‘tkazilmoqda.

Tadbirda raqamli ulanishlar sohasidagi milliy siyosat va strategiyalar uchun mas’ul bo‘lgan 70 dan ortiq davlat xizmatchilari hamda telekommunikatsiya/AKT rivojlanishini o‘lchash uchun mas’ul vazirliklar, milliy statistika boshqarmalari, tartibga solish organlari, aloqa operatorlari, tadqiqot institutlari va MDH mintaqasining boshqa tegishli tashkilotlari rahbarlari va ekspertlari ishtirok etmoqda.

Markaziy Osiyo chempionatida tengsiz sportchilarimiz

Chirchiq shahrida o‘smirlar (U17) o‘rtasida besh kun mobaynida o‘tgan Markaziy Osiyo chempionatida 22 ta oltin, 16 ta kumush va 7 ta bronza, jami 45 ta medal jamg‘argan O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Mintaqaning eng kuchli 100 nafardan ortiq og‘ir atletikachilari ishtirok etgan bu galgi musobaqa qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy kechdi.  

Chempionat sarhisobiga ko‘ra, 9 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza, jami 16 ta medalga ega chiqqan Turkiya terma jamoasi hamyurtlarimizdan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi. 8 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan Qozog‘iston terma jamoasi esa umumjamoa hisobida kuchli uchlikka yakun yasadi.  

Теги :
Jamiyat