Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 97 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +12° kechasi +8°

2024-yil 19-iyunning eng muhim voqealari dayjesti

WBC reytingi, korrupsiyaga qarshi kurash, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi parvozlar — kunning eng muhim xabarlari.

2 daqiqa o‘qiladi

2024-yil 19-iyunning eng muhim voqealari dayjesti

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi parvozlar haftasiga 20 taga yetkazildi

“Sohu” nashri xabar berishicha, Shensi provinsiyasi poytaxti Sian shahrida “Zhejiang Loong Airlines” aviakompaniyasining Sian – Samarqand – Sian yo‘nalishi bo‘yicha birinchi parvoziga start berish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu ushbu shahardan Markaziy Osiyoga yettinchi xalqaro yo‘nalish.

Xitoyga amalga oshirgan davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar ijrosi doirasida olib borilgan sa’y-harakat natijasida ayni vaqt o‘zaro parvozlar soni haftasiga 20 taga yetkazilgani ma’lum qilindi.

Prezident ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limi sifati va pedagoglar malakasini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Attestatsiyada ilg‘or texnologiyalarga asoslangan yangi tartib joriy etilgan. Unda 190 mingdan ziyod o‘qituvchilar qatnashib, shundan 51 ming nafarining toifasi oshirilgan.

Bundan tashqari, 2025 yil sentyabrdan oliy va birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning oylik maoshini oshirish taklifi bildirildi.

O‘zbekiston va Gruziya: korrupsiyaga qarshi kurashishda hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov boshchiligidagi delegatsiyaning Gruziyaga tashrifi doirasida ushbu mamlakatning Korrupsiyaga qarshi kurashish byurosi direktori Razden Kuprashvili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Gruziya korrupsiyaga qarshi kurashish byurosining asosiy vazifalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatini shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasi va boshqa dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda ijrosi ustidan nazorat qilishdan iborat. Shuningdek, davlat xizmatchilari mol-mulki va daromadlarini deklaratsiyalash ishlarini muvofiqlashtirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish kabi ishlarni ham amalga oshiradi. 

Bokschilarimiz WBC reytingida yuqoriladi

Butunjahon boks ittifoqi (WBC) iyun oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi. Quvonarlisi, ushbu reytingda mamlakatimizning 8 nafar charm qo‘lqop ustasi o‘rin egalladi.

Yangilangan reytingga ko‘ra, birinchi yarim yengil vaznda Murodjon Ahmadaliyev 4-o‘rinda qolgan bo‘lsa, Mirazizbek Mirzaxalilov 28-o‘rinni band etdi. Birinchi o‘ta yengil vazn toifasida jang qilayotgan Hasanboy Do‘smatov o‘tgan oydagidan beshinchi pog‘onasini hech kimga bermadi. 

Iqtidorli bokschimiz Shahram G‘iyosov yarim o‘rta vaznda 3 pog‘ona yuqorilab, 8-o‘rin sohibi sifatida e’tirof etildi. Super og‘ir vazn yo‘nalishida Bahodir Jalolov 2 pog‘ona ko‘tarilib, 10-o‘rindan joy oldi. Super o‘rta vazn toifasida Bektemir Meliqo‘ziyev 13, yengil vazndagi Olimjon Nazarov 30-pog‘onadan o‘rin oldi.