2024-yil 18-iyunning eng muhim voqealari dayjesti
Haj media forumi, 5 nafar kurashchimiz finalda, xitoyliklar uchun tur tashkillashtirildi, 700 kishi kambag'allikdan chiqadi — kunning eng muhim xabarlari.
2 daqiqa o‘qiladi

Tenglik tufayli 700 kishi kambag'allikdan chiqadi
O‘zbekistonda ayollarning erkaklar bilan bir xil darajada maosh olishini ta’minlash 700 mingdan ortiq odamni kambag‘allikdan chiqarishga yordam beradi. Bu Jahon banki tomonidan tayyorlangan “O‘zbekistonda gender tengligi tahlili” hisobotida keltiriladi.
Ushbu hisobot turli sohalardagi, jumladan, ayollarning ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiy faoliyatdan foydalanish imkoniyati, ularni zo‘ravonlikdan himoya qilish, nikoh va ajralishlar bilan bog‘liq vaziyat, shuningdek, ayollarning mamlakat ijtimoiy hayotidagi ishtiroki kabi vaziyatni tahlil qilish orqali O‘zbekistonda gender tengligi masalalarini o‘rganadi.
100 dan ortiq xitoylik turizm biznesi vakillari uchun Buxoro bo'yab tur tashkil etildi
Joriy yilning 17 iyun sanasida xitoylik turoperator, ommaviy axborot vositalari, bloger va bir qator turizm biznesi vakillari uchun Buxoro bo‘ylab infotur tashkil etildi.
Dastur asosida tashkil etilgan infotur doirasida Buxoroning tarixiy qismidagi diqqatga sazovor joylar (Ark qo‘rg‘oni, Poyi Kalon majmuasi, Toqi Zargaron, Toqi Sarrafon, Toqi Telpakfurushon savdo toqlari, Zardo‘zlik va Gilamchilik markazlari, Temirchilik muzeyi ustaxonasi, Labi hovuz ansambli va boshqa) bo‘ylab mazmunli sayohatlari amalga oshirildi.
5 nafar kurashchimiz finalda
Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida davom etayotgan “BRIKS” o‘yinlarining ortda qolgan beshinchi kungi bahslarida erkin kurashchilarimizning 5 nafari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Har jihatdan murakkab kechgan bellashuvlar sarhisobiga ko‘ra, erkin kurashchilarimizdan 57 kilogramm vazn toifasida Nodirbek Jumanazarov rossiyalik Ramiz Gamzatov bilan, 61 kilogrammda Sardar Ruzimov Bashir Magomedov (Rossiya) bilan, 70 kilogrammda Begidjon Qo‘ldashev Kurban Shirayev (Rossiya) bilan, 86 kilogramm og‘irlikda Babur Islamov Malik Shavayev (Rossiya) bilan, 97 kilogrammda Rustam Shodiyev Gadjimurad Magomedsaidov (Ozarbayjon) bilan oltin medallar uchun kurash olib borish huquqiga ega chiqqanligi o‘ziga xos natija bo‘ldi, deyish mumkin.
Haj media forumi bo‘lib o‘tdi
IHT axborot agentliklari ittifoqi (UNA-OIC), Saudiya Axborot hamda Haj va Umra vazirliklari hamkorligida Makka shahrida 10-16 iyun kunlari Haj media forumi o‘tkazildi. Tadbirda 2000 dan ziyod ishtirokchi to‘plandi.
Anjumanda dunyoning turli davlatlaridan kelgan 1450 nafar media-mutaxassis Virtual media-markaz platformasi (VPC)dan foydalandi. Yuklangan fayllar soni 2920 dan oshdi, platformada 1005 dan ziyod yangilik chop etildi.



