Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 97 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +12° kechasi +9°

2024-yil 15-iyunning eng muhim voqealari dayjesti

VI BRIKS oʻyinlari, Qurbon hayitida yangi uylar, Koreya prezidenti Samarqandga keldi, Koreyada ta'lim— kunning eng muhim xabarlari.

2 daqiqa o‘qiladi

2024-yil 15-iyunning eng muhim voqealari dayjesti

VI BRIKS oʻyinlari

Rossiyaning Qozon shahrida VI BRIKS oʻyinlarining ikkinchi kuni ortda qoldi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston delegatsiyasi sportchilari 1 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 12 ta medalni qoʻlga kiritdi.

Oltin medal:

Mehriddin Toʻraxonov (karate, -60 kg)

Kumush medal:

Vyacheslav Rudnev / Anna Vashchenko (sinxron suzish, mikst)

Gulshan Alimardonova (karate, -50 kg)

Erkin Qozoqov (sambo, -98 kg)

Nurbek Toʻrayev (sambo, +98 kg)

Darya Latisheva (ushu, taolu)

Bronza medal:

Jasmina Mahmudova (sport gimnastikasi, tayanib sakrash)

Muhammadabdulaziz Xoʻjaqulov (karate, -67 kg)

Doston Otabolayev (karate, -75 kg)

Feruza Xoʻrozova (sambo, +80 kg)

Muxlisa Turdiyeva (sambo, -72 kg)

Muxlisaxon Qodiberganova (sambo, -65 kg)

Qurbon hayitida yangi uylar

Muborak Qurbon hayiti arafasida Termiz shahri va tumanlarda turar-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj, davlat g‘amxo‘rligiga olingan 56 nafar yoshga yangi uylarning kaliti topshirildi.

Sho‘rchi tumanida ham ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yetti nafar o‘g‘il-qiz uy-joyli bo‘ldi. Ulardan biri Kristina Vesyolkina 1-kasb hunar maktabining tikuvchilik yo‘nalishida tahsil oladi. U kelajakda shifokor bo‘lishni orzu qiladi. Yangi uy Kristinaning bu orzularini ro‘yobga chiqishidagi intilishini yanada kuchaytirdi.

Koreya prezidenti Samarqandda

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan yurtimizda davlat tashrifini amalga oshirayotgan Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol 15 iyun kuni Samarqandga keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.  

Koreya Respublikasi delegasiyasi a’zolari yurtimizning boy tarixi, qadim kent obidalari bilan tanishadi.

Kam ta’minlangan oilalarning farzandlari Koreyada o‘qiydi

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti ham mazkur ijtimoiy loyihani amalga oshirishga kirishdi. Bu borada joriy yilning 13 may kuni Koreyaning Gimcheon o‘rta maktabi bilan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangandi.

Universitetda kam ta’minlangan oilalarning iqtidorli maktab o‘quvchilari uchun test sinovlari tashkil etildi. Test sinovlari Samarqand xalqaro texnologiya universitetining xorijlik professor-o‘qituvchilari nazorati ostida o‘tkazildi. 

O‘quvchilar orasidan 4-5 nafar o‘quvchi tanlab olinadi va ularga koreys tili, ingliz tili va matematika fanlaridan ko‘p qirrali intensiv ta’lim beriladi. So‘ngra o‘quvchilar Gimcheon o‘rta maktabiga tavsiya etiladi. Ular orasidan o‘qish va o‘zlashtirish natijalariga asosan faqat uch nafari maktabga o‘qishga qabul qilinadi.