$
 12780.14
11.84
 13980.20
19.34
 133.11
1.96
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 1-iyunning eng muhim voqealari dayjesti

6 1

Qishloqda sud qabuli

Fuqarolarning muammolarini ularning huzuriga borgan holda tinglash va joyida hal qilish maqsadida Samarqand viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlarining joriy yil may-iyun oylarida joylarda sayyor qabullar o‘tkazish jadvali tasdiqlangan.

Jomboy va Ishtixon tumanlarining chekka qishloqlarida o‘tkazilgan sayyor qabullarda yuzlab fuqarolarning huquqni muhofaza qilish organlari bilan bog‘liq murojaatlari eshitilib, nazoratga olindi.  

Unda viloyat sudi, viloyat prokuraturasi, Majburiy ijro byurosi, Adliya, Ichki ishlar va Soliq boshqarmalari rahbarlari qatnashib, murojaatchilarni qabul qilishmoqda.

"Markaziy Osiyo -Xitoy" IV forumi

Joriy yilning 4 iyun kuni Toshkentda “Umumiy farovonlik va barqaror taraqiyot yo‘lida o‘zaro manfaatli hamkorlik” mavzuida tahlil markazlarining “Markaziy Osiyo -Xitoy” IV forumi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti va Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti hamkorligida tashkil etilmoqda.

Tadbirda 20 ta ilmiy-tadqiqot va tahliliy markazlardan 40 dan ortiq mutasaddi va ekspertlar, XXR va Markaziy Osiyo mamlakatlarining O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirok etadi.

650 o‘rinli zamonaviy shifoxona

Ijtimoiy soha bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinar ekan, G‘ijduvon aholisi uchun 650 o‘rinli zamonaviy shifoxona qurilishi e’lon qilindi.  

Mutasaddilarga loyiha hujjatlarini ishlab chiqib, kelgusi yil investitsiya dasturiga kiritish topshirildi.

G‘ijduvonni o‘zida 25 ming ish o‘rni, qo‘shimcha 50 million dollar eksport va byudjetga 100 milliard so‘mlik tushum bo‘yicha imkoniyatlar ko‘rsatib o‘tildi.

G‘ijduvonda 2 trillionlik o'sish

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

So‘nggi yillarda G‘ijduvon tumani sanoati 2 karra o‘sib, 2 trillion so‘mdan oshdi, viloyatdagi ulushi esa to‘rtinchi o‘rindan uchinchiga ko‘tarildi. 

Shu vaqt ichida 2 mingdan ziyod yangi tadbirkor ish boshlab, 2010-2016 yillarga qaraganda 4 barobar o‘sgan.