$
 12627.02
12.22
 13494.50
-132.01
 142.18
-1.15
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 6-mayning eng muhim voqealari dayjesti

5 6

Zargarlik sohasida hamkorlik

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov II xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali doirasida Buxoroda bo‘lib turgan Turkiyaning “Gemetis” kompaniyasi asoschisi Mustafo Erjan O‘zgur, “Gold Art” kompaniyasi asoschisi Mehmet Gazi Ozkan, “Martela Jewelry” kompaniyasi asoschisi Selchuk Dalni qabul qildi.

Turkiyaning zargarlik bozoridagi yetakchi kompaniyalari rahbarlari mahalliy zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga qiziqish bildirdi. 

Tomonlar zargarlik sanoati sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik va tajriba almashishga tayyor ekanligini ma'lum qildilar. Mazkur hamkorlik Buxoroda soha rivoji hamda mazkur yo‘nalishga sarmoya jalb etilishiga xizmat qiladi.  

4,7 trillion so‘mlik o‘sish

Markaziy bankning jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar qoldig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotida qayd etilishicha, joriy yil birinchi chorak yakunlari bo‘yicha banklarning jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar portfeli miqdori yil boshiga nisbatan 4,7 trillion so‘mga o‘sib, 153,3 trillion so‘mni tashkil qilgan.

Avtobuslarda elektron to‘lovdan foydalanish ko‘rsatkichlari

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda so‘nggi 3 oyda jami 127 ta avtobus ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich joriy yil mart oyida jami 66 donani tashkil etgan.  

Xususan, yo‘nalishlardagi avtobuslar soni 1 ming 569 ta, yo‘lovchilar soni 1 million 86 ming 19 nafar, naqd pul to‘lovi 39,6 foiz, elektron to‘lov 60,4 foiz, qatnovlar soni 20 ming 986 va oraliq interval 8-10 daqiqadan iborat bo‘lgan.  

Nodirbek Abdusattorov birinchilikda

Xalqaro shaxmat federatsiyasi(FIDE) o‘tgan yil yo‘lga qo‘yilgan "FIDE Circuit" aylanma tizimida shaxmatchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov joriy yil may holatiga ko‘ra, 53,43 ball bilan yetakchilikka erishib turibdi.

Mazkur "FIDE Circuit" aylanma tizimi FIDE nomzodlari turniriga saralashning nisbatan yangi usuli hisoblanadi.