$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 22-mayning eng muhim voqealari dayjesti

5 23

Ko‘prik ikki kunga yopildi

Toshkent shahar hokimligi xabar berishicha, poytaxtning Abdulla Qodiriy va Shayxontohur ko‘chalari kesishmasidagi ko‘prik ta’mirlash ishlari sabab 24 maygacha transport harakati uchun yopildi.

Qayd etilishicha, ko‘prikda ta’mirlash ishlari olib boriladi. Haydovchilarga ish vaqtida muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya qilingan.  

Ispaniyadan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar

23 may kuni World2Fly aviakompaniyasining Madriddan kelgan birinchi charter reysi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.

Birinchi charter reysda 290 nafar yo‘lovchi, jumladan, sayyohlar, Ispaniyaning yirik turizm operatorlari, jurnalist va blogerlar keldi. Charter reyslar iyun oyi oxirigacha davom etadi va 2024 yil sentyabrdan oktyabrga qadar qayta tiklanadi.

World2Fly – 2020 yilda tashkil etilgan va shtab-kvartirasi Palma-de-Mayrkada joylashgan. Aviakompaniyaning istiqboldagi rejalari qatoriga yana ham ko‘proq charter reyslarini amalga oshirish hamda Ispaniya va O‘zbekistonda turizm bozorini rivojlantirish kiradi.

ShHTga a’zo davlatlar oliy sudlari raislarining yig‘ilishi 

Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT)ga a’zo davlatlar Oliy sudlari raislarining o‘n to‘qqizinchi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi raisligida o‘tayotgan nufuzli anjumanda Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston davlatlari Oliy sudlari delegatsiyalari ishtirok etmoqda.  

Hindistonlik “Oltin qalam” sovrindori

Joriy yilda o‘tkazilgan “Oltin qalam” XVIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovda “Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun” nominatsiyasi bo‘yicha 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan Hindistonning “The Economic Times” gazetasining diplomatik muharriri Dipanjan Roy Chaudhuriga tanlov statuetkasi, diplomi hamda pul mukofoti tantanali ravishda topshirildi.