$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 21-aprelning eng muhim voqealari dayjesti

Day 21-aprel

Adliya vazirligi bog’i

Adliya vazirligi tomonidan Boʻstonliq tumanida 30 gektar yer maydonida bogʻ yaratildi.

20-aprel kuni ham Boʻstonliq tumanida tashkil etilgan daraxt ekish aksiyasida vazirlik tomonidan 30 gektar yer maydonida bodom, naʼmatak va boshqa bir qator manzarali va mevali daraxt koʻchatlari ekildi. 

Bahor mavsumida Adliya vazirligi tizimi tashkilotlari tomonidan qadar 80 ming dona koʻchat ekildi. 

Oʻtgan yili noyabr oyida Toshkentning Mirobod, Yakkasaroy, Yunusobod, Shayxontohur, Olmazor, Sergeli hamda Yangihayot tumanlarida 3 gektardan ziyod yer maydonida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Adliya bogʻlari” barpo etildi. Loyiha doirasida viloyat va tuman adliya organlari ham oʻz hududlarida bogʻlar barpo etib, 100 mingdan ortiq daraxt ko’chatlari ekildi.

Osiyo chempionatidan kumush medal

Gonkongda o’tayotgan dzyudo bo’yicha Osiyo chempionatida ikkinchi kunning hal qiluvchi bahslari boshlandi. -73 kg vazn toifasida ishtirok etgan Murodjon Yo’ldoshev kumush medalga sazovor bo’ldi. Hamyurtimiz finalda dzyudo vatani vakili yaponiyalik Tatsuki Ishiharaga imkoniyatni boy berdi.

Osiyo va Okeaniya kubogi sohibi Toshkentda aniqlanadi

Mamlakatimiz yosh xokkeychilari 25-aprelda Malayziya, 27-aprel kuni Quvayt, 28-aprelda esa Tailand terma jamoalari bilan kuch sinashishi belgilandi.

Osiyo va Okeaniya kubogi o‘yinlari Toshkent hamda Samarqand shaharlarida tashkil etiladi.

“Innoprom” xalqaro ko’rgazmasi

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida joriy yil 22-24-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan to‘rtinchi “INNOPROM” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi oldidan brifing tashkil etildi.

Mazkur yirik tadbir, an’anaga ko‘ra, “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Qayd etilishicha, bu gal nufuzli anjumanda Belarus, Qozog‘iston, Turkmaniston va Turkiya davlatlaridan tegishli vazir, vazir o‘rinbosarlari, mahalliy hokimiyat idoralari rahbarlari hamda 400 dan ziyod xorijiy kompaniya, 2500 ga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilyapti.

Теги :
Jamiyat