2024-yil 18-aprelning eng muhim voqealari dayjesti
Xizmat turlari yil so'ngiga qadar qanchaga ortadi, BAA delegatsiyasi muqaddas qadamjolarda, Qonun ijrosi amaliy tekshiruvda, arxeologik koʻrgazma — kunning eng muhim xabarlari.
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi xizmat turlari kengayishi
Joriy yilning 1-choragida 21 ta yangi xizmat koʻrsatish joriy etilgan. Yil oxiriga qadar ular 400 taga yetkaziladi
Ulardan 55 turdagi xizmat bepul koʻrsatiladi, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga 50 foiz chegirma qoʻllaniladi.
2024-yilning 1-choragida markazlar orqali 7,9 mln davlat xizmatlari koʻrsatildi, shundan 5,6 mlnga yaqini markazlar orqali, 2,3 mlndan ortigʻi onlayn tarzda koʻrsatildi.
BAA delegatsiyasi muqaddas qadamjolarni ziyoratida
Birlashgan Arab Amirliklari Sharja amirligi Hukumati ijrochi raisi Shayx Fahim ibn Sulton Ol Qosimiy boshchiligidagi delegatsiya yurtimizga tashrif buyurdi.
Delegatsiya vakillari Buxorodagi “Mir Arab” madrasasi, “Minorai Kalon”, “Labi-Hovuz” va boshqa qator tarixiy majmualar bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, Buxoro shahri va Sharja Amirligi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum (birodarlik bitimi) imzolandi.
Delegatsiya a’zolari tashrif davomida Samarqanddagi bir qancha qator tarixiy maskanlar va “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ham bo’lishadi. Bundan tashqari, universitet qoshidagi Art-Rezidensiyada Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasining ochilish marosimida ham ishtirok etishadi.
Qonun ijrosi amaliy tekshiruvda
Joriy yilning 17-18-aprel kunlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘risida”gi Qonun ijrosi nazorat-tahlil tartibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida o‘rganildi.
Arxeologik topilmalar koʻrgazmasi
18-aprel kuni Samarqanddagi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi Art-Rezidensiyada Sharja amirligining arxeologik topilmalari koʻrgazmasi ochildi.
Ochilish marosimida nutq soʻzlagan Shayx Fahim ibn Sulton Ol Qosimiy esa Oʻzbekiston va Birlashgan Arab Amirliklarining tarixi, madaniyati bir-biriga juda yaqin ekanligini qayd etdi.



