2024-yil 3-mart eng muhim voqealari dayjesti
“Tabiiy kun” tarixi va maqsadlari, Yaqin sharqda ilk bor o’tkazilayotgan texno tadbiri, g’alaba bilan boshlangan o’yinlar, 8 ta medal bilan yakunlangan o’yinlar— kunning eng muhim xabarlari.
2 daqiqa o‘qiladi

“Tabiiy kun” tarixi
3-mart – Butunjahon yovvoyi tabiat kuni!
Bu kun yovvoyi fauna va floraning xilma-xilligi hamda go'zalligiga e'tibor qaratadi, shuningdek, insonlarning ekologiyani muhofaza qilishi qanchalik foyda keltirishi haqida xabardorlikni oshirishga yordam beradi.
Qolaversa, iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy jihatdan salbiy oqibatlarga olib keladigan yovvoyi tabiatga nisbatan huquqbuzarliklarga qarshi kurashni kuchaytirish zarurligini eslatib turadigan kun.
Yirik texnotadbirda O‘zbekiston delegatsiyasi
“Web Summit Qatar - 2024” texno tadbiri Yaqin sharq mamlakatlarida birinchi marta Qatarda tashkil etilib, unda 12 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashdi.
“Web Summit“ ilk marotaba 2015-yilning noyabrida Irlandiyaning Dublin shahrida o‘tkazilgan bo‘lib, eng yirik global texnologik sammit sifatida tan olingan. Mazkur tadbir har yili dunyoning yetakchi kompaniyalari, investorlari, ekspertlari va yangi texnologiya yaratuvchilarini hamda startap loyihalar mualliflarini yig‘ib, ularga sarmoyadorlarni jalb qiluvchi platforma vazifasini bajarib kelmoqda.
Suv sportni bo‘yicha o‘yin g‘alabalar bilan boshlandi
Filippinning Manila shahrida suv sporti turlari bo‘yicha Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda. Chempionat doirasida suv polosi bo‘yicha musobaqalar boshlandi.
Unda erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani g‘alaba bilan boshladi. Suv polochilarimiz "A" guruhidagi dastlabki uchrashuvni Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi o‘tkazib, yakunda 14:10 hisobida g‘alaba qozondi. Endi vakillarimiz ertaga ikkinchi turda Tailand terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Stol tennisida 8 ta medal
Jazoyirda stol tennisi “WTT Youth Contender”musobaqasida tennischilarimiz muvaffaqiyatli qatnashib oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
15 yoshgacha bo‘lgan qizlar toifasida Asel Yerkebayeva musobaqa finaligacha yetib bordi va kumush medal sohibiga aylandi. Ushbu yosh toifasidagi o‘g‘il bolalar bellashuvida Temurbek Nurmonov bronza medali bilan taqdirlandi.
Shu tariqa “WTT Youth Contender” musobaqasi yakuniga ko‘ra, terma jamoamiz 2 ta oltin, 1 ta kumush va 5 ta bronza, jami 8 medal jamg‘ardi.



