$
 12640.21
-49.76
 13559.15
1.19
 137.02
-0.18
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 23-martning eng muhim voqealari dayjesti

3 23

Qo‘qon aeroporti foydalanish topshirildi

Qo‘qon aeroporti rekostruksiyadan so'ng qayta foydalanishga topshirildi. 

Aeroportni foydalanishga topshirish tadbiri, bortida Transport vaziri Ilhom Mahkamov boshchiligida vazirlik mutasaddilari, “O‘zbekiston havo yo‘llari” va “Uzbekistan Airports” rasmiylari, jurnalistlar bilan Toshkent-Qo‘qon yo‘nalishi bo‘yicha ATR 72-600 samolyotida amalga oshirilgan texnik reysni karnay-surnay sadolari ostida kutib olish bilan boshlandi.

Bundan tashqari, joriy yil 1-apreldan boshlab ichki muntazam parvozlarni boshlash ko‘zda tutilgan Qo‘qon aeroportini yil yakuniga qadar xalqaro aeroport talablariga moslash uchun barcha zaruriy choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

WBCning mart reytengidan qancha sportchimiz o‘rin oldi?

Butunjahon boks kengashi (WBC) mart oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi

Undan o'rin olganlar orasida superog‘ir vaznda Bahodir Jalolov o‘tgan oydagi o‘rniga nisbatan 1 pog‘ona ko‘tarildi va 12-o‘ringa joylashdi, supero‘rta vazn toifasida jang qiladigan Bektemir Meliqo‘ziyev esa 13-o‘ringa chiqib oldi. Yarimo‘rta vazndagi Shahram G‘iyosov o‘tgan oydan ikki pog‘ona yuqorilab, 12-o‘rinni egalladi. Ushbu vazndagi ikkinchi bokschimiz Jahongir Rasulov esa hamon 32-o‘rinda bormoqda.

Shuningdek, birinchi yarimengil vaznda Murodjon Ahmadaliyev to‘rtinchi, Mirazizbek Mirzaxalilov 27, yengil vazn toifasida Olimjon Nazarov 32, birinchi o‘ta yengil vaznda Hasanboy Do‘smatov 5-pog‘onadan o‘rin egalladi va jami bo'lib 8 nafar bokschimiz o‘rin oldi.

“Xalqaro ko'pkari”

Xalqimizning mashhur va qadimiy sport turi bo‘lgan ko‘pkari endi xalqaro musobaqa shaklida o'tkaziladi

Farg‘onada ot sportining uloq-ko‘pkari turi bo‘yicha xalqaro turnir boshlandi. Unda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston, Vengriyadan 8 ta jamoa ishtirok etmoqda.

Xalqaro turnir Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati tasarrufidagi Chavandozlar maktabining otchoparida bo‘lib o‘tmoqda. 

Yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining davlat-xususiy sheriklik asosida qurilib bitkazilgan 400 o‘rinli talabalar turarjoyi binosi foydalanishga topshirildi.

Tadbir mehmonlari turarjoy binosi hovlisiga daraxt ekishdi. Shundan so‘ng ramziy lenta qirqilib, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.  

Shu kunga qadar universitetda 700 o‘rinli bitta yotoqxona mavjud edi. Ushbu 400 o‘rinli yangi obyektda talabalar uchun barcha sharoit va qulayliklar yaratilgan.