$
 12640.21
-49.76
 13559.15
1.19
 137.02
-0.18
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 21-martning eng muhim voqealari dayjesti

3 21

O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Humoyun Sultonov

Hindistonning Chandigarx shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan «Fyuchers» turnirida Humoyun Sultonov ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. 

Mukofot jamg‘armasi 15 ming AQSH dollarni tashkil etuvchi ushbu turnirning yakkalik bahslarida Humoyun Sultonov hindistonlik Manish Sureshkumarni 6:2, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi

Tennischimiz juftlik bahslarida mezbonlar tennischisi Kabir Xans bilan tandem hosil qilib, ilk bosqichda neytral tennischi Ivan Denisov va hindistonlik Adil Kalyanpur duetini 6:3, 6:4 hisobida yengdi. Tennischimizga omad tilaymiz. 

Yangi quyosh elektr stansiyasi 

Buxoro neftni qayta ishlash zavodida mo‘jaz quyosh elektr stansiyasi foydalanishga topshirildi

Uch gektar maydonni egallagan va 3,5 megavatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan ushbu elektr stansiyasining faoliyati natijasida endilikda respublikamizdagi gigant sanoat korxonasi deyarli to‘liqligicha qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan quvvatlantirilishiga erishiladi. 

Zavodning muqobil energiya manbai – quyosh elektr stansiyasi qurilishida pudratchi sifatida mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “Ogma projects” korxonasi, loyihachi sifatida “ARH Grand projects” xususiy korxonasi jamoalari ish olib bordi.

“Mahalla ligasi” o‘tkaziladi

Prezident mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi. Bu qaror bilan yoshlar yetakchisiga bir qator qo‘shimcha vazifalar yuklatildi

Bunga ko‘ra, turli yoshdagi ayol va erkaklarning “mahalla terma jamoalari” tashkil etilib, ular o‘rtasida “Mahalla ligasi” o‘tkaziladi. Unda o‘zini ko‘rsatgan yoshlar futbol maktabi va akademiyalariga yo‘naltiriladi.

Ushbu ishlar mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi, yoshlar yetakchilari infratuzilmani rivojlantirish, sport inventarlari bilan ta’minlash va qo‘shimcha sharoit yaratish bo‘yicha takliflar kiritadi.

Chet davlatdagi talabalar ham Navro’zni nishonlashmoqda

“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari tomonidan Buyuk Britaniyaning “Reding” universitetida ta’lim olayotgan 300 nafardan ortiq talaba uchun o’zbek milliy an’analari, urf-odatlari, qadriyatlarini namoyish etgan “Central Asian Spring Festival – Navruz” bayrami tashkil etildi.