$
 12640.21
-49.76
 13559.15
1.19
 137.02
-0.18
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 2-mart eng muhim voqealari dayjesti

3 2

Medal sohibi bo'lgan tulpor

Ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari BAAning Abu-Dabi shahrida o‘tayotgan xalqaro musobaqada qatnashmoqda. CSI3* tasnifida tashkil etilayotgan turnirning ilk kunida hamyurtlarimiz shohsupaga ko‘tarilishdi

Terma jamoamiz yetakchisi Bekzod Qurbonov “Santos Hippica” laqabli tulporida navbatdagi muvaffaqiyatiga erishdi. Chavandozimiz 130 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida kumush medal sohibiga aylandi.

Inflyatsiya sezilarli darajada pasaydi

2024-yil fevral oyida O‘zbekistonda so‘nggi sakkiz yil ichida rekord darajada past inflyatsiya — 0,32 foizlik inflyatsiya qayd etildi. 

Bu kamida 2016-yildan buyon eng past ko‘rsatkichdir (2016-yil fevral — 0,8%, 2017-yil — 1,4%, 2018-yil — 1,1%, 2019-yil — 1,6%, 2020-yil — 0,84%, 2021-yil — 0,64%, 2022-yil — 0,51%, 2023-yil — 0,54%).

https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/51536-o-zbekiston-respublikasida-iste-mol-narxlari-indeksi-2024-yil-yanvar-2

Oltin va kumush medallariga sazovor bo‘lgan ayol sportchi

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida para pauerlifting bo‘yicha jahon kubogi o‘tkazilmoqda.

Jahon kubogining dastlabki kunida ayollar o‘rtasida vazni -50 kg bo‘lgan hamyurtimiz Aqidaxon Axtamova yakkalik bellashuvlarida 103 kg natija bilan kumush, umumiy natijaga ko‘ra esa 301 kg natija bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi.

https://uza.uz/posts/574941

Yarmarkada ishga va o'qish uchun yo'llanmaga ega bo'lishdi

Namangan shaharida “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda ish bilan band bo‘lmagan yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” o‘tkazildi.

Mehnat yarmarkasida Namangan shahrida faoliyat yuritayotgan 35 ta korxona, tashkilot va muassasa 2125 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.

Ishlash istagini bildirgan 87 nafar ishsiz va band bo‘lmagan fuqaroga ishga kirishi uchun hamda 45 nafar fuqaroga “Ishga marhamat” monomarkazi va kasb-hunarga o‘qitish markazlarida o‘qishi uchun yo‘llanma berildi.

https://uza.uz/posts/575015