$
 12640.21
-49.76
 13559.15
1.19
 137.02
-0.18
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 19-martning eng muhim voqealari dayjesti

3 19

Yoshlar bog‘iga ilk ko‘chatlar o‘tqazildi

Yurtimizda 2021-yildan buyon “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda

Davlat rahbari boshchiligida Sergeli tumanida tashkil etilayotgan Yoshlar bog‘iga ham ilk ko‘chat o‘tqazdi. Uning maydoni 75 gektardan ziyod bo‘lib, hududi jihatidan poytaxtimizda “Yangi O‘zbekiston” bog‘idan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. 

Bog‘ yettita katta hududga bo‘linadi. Markaziy xiyobonda turli maydonlar, ming o‘rinli ochiq amfiteatr, milliy va xalqaro gastronomik zonalar barpo etiladi.

Isroil Madrimovga mayor unvoni berildi

Professional boksning WBA yo‘nalishida eng o‘rta vazn toifasida jahon chempionligiga erishgan iste’dodli bokschimiz Isroil Madrimovga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi buyrug‘iga muvofiq mayor maxsus unvoni topshirildi.

Isroil Madrimovga maxsus unvonni Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov topshirdi. 

Navro‘z yarmarkalari

Prezidentimizning joriy yil 4-martdagi “2024 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Andijon viloyatining tuman, shahar va mahallalarida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari, yarmarkalar va boshqa turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.  

Ayni chog'da, Andijon shahrining Markaziy hamda Dehqon bozorlari va 17 ta mahalla guzarlarida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etilgan. 

Yarmarkalarda “Andijon bozorlar uyushmasi”, “Andijongo‘shtsutsavdo”, “Andijonbaliq” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari, viloyatdagi agrofirmalar, parrandachilik korxonalari va savdo tashkilotlarining mahsulotlari, shuningdek, fermer xo‘jaliklari hamda dehqonlar tomonidan yetishtirilgan, ishlab chiqarilgan 50 ga yaqin turdagi meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari bayram narxlarida sotilmoqda.

O‘zbek bokschisi Las-Vegasda

Professional boksda yaxshi natijalar bilan harakat qilayotgan bokschimiz Bektemir Meliqo‘ziyevning 15-jangini 20-aprel kuni Las-Vegasda o‘tkazadi.

Mazkur professional boks kechasida markaziy jang Rayan Garsiya va Devin Xeyni o‘rtasida o‘tadi. Hozirda tashkilotchilar charm qo‘lqop ustamizga mos raqib qidirmoqda. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, Bektemir Meliqo‘ziyev hozirda AQSHda shug‘ullanmoqda.