$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 16-mart eng muhim voqealari dayjesti

3 16

To‘liq tarkib bilan Olimpiya o‘yinlari uchun yo‘llanmaga erishildi

Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Parij-2024 Olimpiadasi siklining kvalifikatsiyaviy bosqichini katta muvaffaqiyat bilan tugatishdi va 100% lik natija ko‘rsatib, Fransiya poytaxti mezbonlik qiladigan Olimpiadaga 4 ta litsenziyani qo‘lga kiritishdi

Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan taekvondochilarimiz ro‘yxati quyidagicha:

  • -68 kg: Ulug‘bek Rashitov
  • -80 kg: Jasur Jaysunov
  • -67 kg: Ozoda Sobirjonova
  • +67 kg: Svetlana Osipova

Mahallalarda futbol stadionlari qurib beriladi

Shavkat Mirziyoyev juma kuni mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirishga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishdi va taqdimotni sport vaziri Adham Ikramov va Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, Futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatovlar olib bordilar.

Endilikda mahallalarda mavjud stadionlar va boshqa sport maydonchalaridan samarali foydalaniladi. Ular yo‘q joylarda davlat-xususiy sheriklik asosida shunday inshootlar quriladi.

Bundan tashqari, Angliya maktablari futbol assotsiatsiyasi tajribasi asosida, 8-11-sinf o‘quvchilari orasidan maktab futbol yetakchisi tanlab olinadi. 12-15 yoshlilar o‘rtasida ikki bosqichli “Mahalla ligasi” hamda 16-30 yosh toifalari orasida uch bosqichli Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

Buxoro ta’rifi xorijda

BAAning “Ko‘rfaz” nashri “Buxoro – qadim madaniyat va ilm-fan o‘chog‘i” sarlavhali maqola e’lon qildi.

Maqola mazmuni Buxoroi sharifning tarixi, qadimgi madaniyat va ilm-fan rivojidagi o‘rni, ko‘hna kent osori atiqalari va tarixiy-me’moriy obidalari tavsifi, shuningdek shaharda bugungi kunda yuz berayotgan ijobiy ishlar e’tirofidan iborat.

Polsha delegatsiyasi O‘zbekiston haqida iliq munosabat bildirdi

Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Polsha Respublikasi madaniyat va milliy meros vazirining o‘rinbosari Bojena Jelazovska boshchiligidagi parlament delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Polsha tomoni O‘zbekistonda demokratik davlat asoslarini mustahkamlash va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.

Suhbat davomida ikki tomonlama parlamentlararo muloqot izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.