$
 12610.17
-9.84
 13526.93
4.59
 135.24
-0.5
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 17-fevralning eng muhim voqealari dayjesti

2 17

Quyosh elektr stansiyalari rivoji

“O‘zbekenergota’mir” aksiyadorlik jamiyati Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi”da bunyod etgan, quvvati 3,5 MVt ga teng bo‘lgan navbatdagi quyosh fotoelektr stansiyasi muvaffaqiyatli ishlamoqda.

Prezidentning 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan qurilgan yangi quyosh fotoelektr stansiyasi to‘liq foydalanishga topshirilgach, To‘raqo‘rg‘on IES korxonasida barpo etilgan quyosh fotoelektr stansiyasining umumiy quvvati 4,5 MVtdan oshadi.

Vazirlar uchrashuvi 

Turkiyaning Antaliya shahrida Xalqaro etnosport konfederatsiyasi tomonidan o'tkazilayotgan VI Xalqaro etnosport forumida O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikromov Turkiya yoshlar va sport vaziri Osmon Ashkin Bak bilan uchrashdi.

Uchrashuvda jismoniy tarbiya va sport sohasida keng qamrovli hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, mahoratli sportchilarni tayyorlash tizimidagi tajribalarni o‘rtoqlashish, sport-ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalar va sohada korrupsiyaga qarshi kurashish tizimidagi o‘ziga xos jihatlar borasida fikrlashildi. 

Samarali ixtiro

Bugungi kunda davlat va turli tashkilot tarmoqlariga kiberhujumlar uyushtirib turiladi va bu ko'plab noqukayliklar va moliyaviy zararga olib keladi.

Professor Sirojiddin Jo‘rayev tomonidan yaratilgan “Channel hopping-based jamming defense system for wireless local area networks” nomli ixtiro orqali simsiz tarmoqlarga hujum bo‘lgan vaqtda ham aloqani ta’minlab, eng muhim ma’lumotlarni yetkazib bera oladigan tizim ishlab chiqilgan. Tizimning boshqa shu turdagi tizimlardan farqi shundaki, foydalanuvchilarga bir xil xizmat ko‘rsatiladi. Ya’ni, tizimda bo‘lgan foydalanuvchilarning birortasi aloqa yo‘qligi uchun uzilmaydi. 

Besh karra g'alaba

Boku “Katta dubulgʻa” musobaqasining birinchi kuni Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. -52 kg vazn toifasida ishtirok etgan Diyora Keldiyorova finalda ikki karra Olimpiya oʻyinlari sovrindori italiyalik Odette Jufrida ustidan gʻalaba qozonib, oltin medalga sazovor boʻldi.

Bu Diyora Keldiyorovaning “Katta dubulgʻa” turnirida erishgan  beshinchi oltin medali bo'ldi.