$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 15-fevralning eng muhim voqealari dayjesti

2 15

Transchegaraviy tabiiy bog‘lar

Samarqandda boʻlib oʻtayotgan CMS COP14 koʻchib yuruvchi yovvoyi hayvonlarni asrash toʻgʻrisidagi konvensiya ishtirokchilari konferensiyasi transchegaraviy muhofaza etiladigan hududlarni yaratish masalasi ko'rib chiqildi.

“Bir vaqtlar Ustyurt platosi kengliklarida yashagan va inson omili taʼsirida yoʻqolib ketgan Osiyo qoploni populyatsiyasini qayta iqlimlashtirishni boshlash niyatidamiz”, — deyiladi Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Konferensiyaning ochilishidagi murojaatnomasida.

O'zbekiston mezbonligida suv sporti

O'zbekiston ko'plab sport musobaqalariga mezbonlik qilib kelmoqda. 

 Bu yil ham ushbu anʼana davom etib, zaminimiz baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha kattalar oʻrtasidagi dunyo birinchiligiga mezbonlik qiladi.

23-25-avgust kunlari roʻyi zamin sayqali Samarqandda mazkur sport turi boʻyicha jahon chempionati oʻtkaziladi.

Baxt ham egizak bo'lishi mumkin

Har bir oilaning eng katta baxti bu farzanddir.

Statistika agentligi ma'lumotlariga qaraganda, 2023-yilda respublikamizda 962 ming nafar tirik tug‘ilish qayd etilgan. Shundan 21 ming 12 nafari bo'lsa egizaklardir.

Eng ko'p egizaklar Fargona viloyatida tug'ilgan bo'lib, 2494 nafarni tashkil etgan.

G‘alaba bilan boshlangan musobaqa

Mukofot jamg‘armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur musobaqaning birinchi davrasida Humoyun Sultonov kolumbiyalik Alexandro Rodrigesga qarshi kortga chiqdi va 7:5, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.  

Velosiped yaxshi yechim

Qayd etilishicha, so‘nggi uch yilda poytaxtda aholi soni 15 foizga (385 ming kishi), avtomobillar soni 29 foizga (172 ming kishi) oshgan. Natijada ish kunlarida o‘rtacha 7−9 ballik tirbandlik kuzatilmoqda. 2020-yildan buyon yo‘lga sarflanadigan vaqt 50 foizga oshib, yoqilg‘i sarfi va atrofga chiqadigan zararli gazlar miqdori ortib bormoqda.

Bunda esa rivojlangan va katta shaharlar tajribasiga asoslangan holda velosiped va mototransportdan foydalanishni rivojlantirish ko'zda tutilmoqda.

Shuningdek, velosipedda yurgan masofaning har 1 km masofa uchun soliq imtiyozlari, 10 km dan oshgan taqdirda esa qo‘shimcha ravishda subsidiyalar berilishi mumkin.


 Ilova: Saytning ichki qismidagi kirill yozuviga asoslangan rukn va ma’lumotlar tez kunda yangilanadi.