$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 27-dekabrning eng muhim voqealari dayjesti

positive-24-12-27

Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi

"Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasini tashkil etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, quyidagilar tashkil etiladi:

  • yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi;
  • Akademiya tarkibida ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, o‘quv-simulyatsion markaz va mehmonxona.

Nukus shahrida joylashgan davlat va nodavlat davolash-profilaktika muassasalari Akademiyaning klinik bazasi hisoblanadi. 2025/2026 o‘quv yilidan Akademiyada klinik ordinaturada yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlay boshlaydi. 2025-yil 1-oktyabrdan Akademiya faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yiladi.

WBC reytingi yangilandi

Butunjahon boks ittifoqi (WBC)ning dekabr oyi uchun yangilangan reytingini e’lon qildi. reytingdan 6 nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi o‘rin olgan bo‘lib, Isroil Madrimov va Hasanboy Do‘smatov o‘z vazn toifalarida 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Bektemir Meliqo‘ziyev 9-pog‘onadan joy olgan. 

Yangilangan reytingda o‘zbek bokschilari quyidagi o‘rinlarda qayd etilgan:

  • Superog‘ir vazn: Bahodir Jalolov 10-o‘rin;
  • Supero‘rta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqo‘ziyev 9-o‘rin;
  • Birinchi o‘rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 3-o‘rin;
  • Yarimengil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov 17-o‘rin;
  • Yengil vazn (50,82 kg): Olimjon Nazarov 37-o‘rin;
  • Birinchi o‘ta yengil vazn (47,6 kg): Hasanboy Do‘smatov 3-o‘rin.

Yuz nafar falastinlik O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi

O‘zbekistonning Qohiradagi elchisi Mansurbek Qilichevga ko‘ra, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 100 nafar falastinlik yarador ayollar va bolalar ularning hamrohlari bilan birga O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan. Diplomatning Yaqin Sharq axborot agentliklaridan biriga bergan bayonotida evakuatsiya kecha, 26-dekabr kuni amalga oshirilgani qayd etilgan. Amaliyot ikki davlatning Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamkorligida tashkil etilgan. Uning ta’kidlashicha, evakuatsiya qilingan falastinliklar yurtlariga qaytgunicha O‘zbekistonda qoladi. Hozirda ular davolanish va sog‘liqlarini qayta tiklash uchun reabilitatsiya markazlari va shifoxonalarga joylashtirilmoqda.

Kelasi yilda sog‘liqni saqlash sohasi elektron tizim orqali to‘liq nazorat qilinadi

Bundan bir muddat avval prezident huzurida sog‘liqni saqlash sohasida qilingan ishlar va 2025-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar ko‘rib chiqilgan edi. Yig‘ilishda salomatlik masalalari aholimiz hayotidagi eng muhim ustuvor masalalar ekanligini ta’kidlanib, ushbu sohada tub islohotlarni amalga oshirish ishlari belgilangan. ’Kelgusi yildan tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoshlari oshirilishi men kabi barcha shifokorlarni tibbiyot xodimi sifatida yanada ruhlantirdi. Ayniqsa, oilaviy shifokorlarning mehnat samaradorligi asosida ustama to‘lash tartibi joriy etilishi biz, tibbiyot xodimlariga yaxshi rag‘bat bo‘ladi", deydi Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-klinikasi bosh vrachi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Nargiza Abdullayeva. Uning ta’kidlashicha, Samarqandda ham davlat tibbiy sug‘urtasi amaliyotlari joriy etilishi va markazlashgan laboratoriya xizmatlari kengaytirilishi muhim qadamlardan bo‘ldi.

Теги :
Jamiyat