$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 22-dekabrning eng muhim voqealari dayjesti

Positive 22

 Bepul avtobus xizmati yo‘lga qo‘yildi

Qishning ayozli kunlarida, qolaversa, yangi yil bayrami arafasida aholiga, ayniqsa, maktab o‘quvchilariga qulaylik yaratish maqsadida hududlarda qator yo‘nalishlar bo‘yicha bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Andijon viloyati Baliqchi tumani hokimligi tashabbusi bilan joriy yil 15 dekabridan boshlab Baliqchi – Chinobod, Chinobod – O‘rmonbek, Chinobod – Eski Haqulobod yo‘nalishlarida qatnovchi avtobuslar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatmoqda.

Bepul avtobuslar har kuni ertalab soat 7.00 dan kech soat 18.00 ga qadar grafik asosida harakatlanib, fuqarolarning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilmoqda.

O‘zbekiston xorijga qiymati $18,2 mln,ga teng bo‘lgan yeryong‘oq eksport qildi

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida xorijga qiymati 18,2 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 11 496 tonna yeryong‘oq eksport qilgan.

Eng ko‘p yeryong‘oq eksport qilingan davlatlar:

Pokiston – 2817 tonna;

Ozarbayjon – 1409 tonna;

Rossiya – 1382 tonna;

Turkmaniston – 1184 tonna;

Qozog‘iston – 970 tonna;

Boshqa mamlakatlar – 3734 tonna.

Yosh ogʻir atletikachilarimiz qit’a birinchiligini oltita medal bilan boshlashdi

Qatarda oʻtayotgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Hamyurtlarimiz ortda qolgan kun 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi. Barcha medallarga -59 kg vazn toifasida ishtirok etgan qizlarimiz mualliflik qilishdi. Batafsil:

Oltin medal:

-59 kg: Marjona Abdullayeva (oʻsmirlar, dast koʻtarish)

-59 kg: Marjona Abdullayeva (oʻsmirlar, siltab koʻtarish)

-59 kg: Marjona Abdullayeva (oʻsmirlar, ikki kurash)

 Kumush medal:

-59 kg: Nigora Abdullayeva (yoshlar, dast koʻtarish)

-59 kg: Nigora Abdullayeva (yoshlar, ikki kurash)

Bronza medal:

-59 kg: Nigora Abdullayeva (yoshlar, siltab koʻtarish)

Tadbirkorlarni Kurash xalqaro assotsiatsiyasiga homiy sifatida jalb qilish yo‘lga qo‘yiladi

“Kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Xalqaro kurash institutining kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha faoliyati yanada kengaytiriladi hamda unga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklanadi:

·      kurash bo‘yicha xalqaro darajadagi malakali trenerlar va hakamlarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirib borish tizimini joriy etish;

·      kurash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirib borish, shuningdek, zarur o‘quv-uslubiy va ilmiy-amaliy qo‘llanmalarni ishlab chiqishni tashkil qilish;

·      kurashning yangi yo‘nalishlarini joriy qilishda ishtirok etish, ularni ommalashtirish choralarini ko‘rish;

·      kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilishni yo‘lga qo‘yish;

·      kurashni ommalashtirish, rivojlantirish va dunyoga tanitish hamda ushbu milliy sport turini umumjahon miqyosidagi sport turiga aylantirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirib borish.

Xorijdagi diplomatik vakolatxonalar zimmasiga Kurash xalqaro assotsiatsiyasi va Xalqaro kurash institutining kurashni xalqaro miqyosda rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha faoliyatiga ko‘maklashish vazifasi yuklandi.

Mahalliy yirik tadbirkorlarni Kurash xalqaro assotsiatsiyasiga rasmiy homiy sifatida jalb qilib borish yo‘lga qo‘yiladi.

Теги :
Jamiyat