$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 20-dekabrning eng muhim voqealari dayjesti

Positive

Toshkent viloyati chiqindi poligonlari xizmat narxi oshirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni talablaridan kelib chiqib, Xalq deputatlari viloyat Kengashining qarori tasdiqlandi. Unga koʻra, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” viloyat hududiy boshqarmasi davlat muassasasi tomonidan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni hududiy poligonlarga qabul qilish va saqlash boʻyicha 1m3 uchun QQS bilan 20 037 (QQSsiz 17 890 soʻm) soʻm miqdorida, 1tn uchun QQS bilan 48 633 (QQSsiz 43423 soʻm) soʻm miqdorida qabul qilinishi yoʻlga qoʻyilishi belgilandi. Maʼlumot oʻrnida, viloyatda 18 ta chiqindi poligoni mavjud boʻlib, 246 gektar yer maydonlarini egallagan.

Namanganda 3 mingta kitobdan iborat Yangi yil archasi qad rostladi 

Namanganda faqat kitoblardan iborat Yangi yil archasi qad rostladi. Ushbu archa Davlatobod tumanidagi “Yoshlar ziyo maskani” kutubxonasiga o‘rnatildi. Archaning balandligi qariyb 3 metr bo‘lib, 3 mingdan ortiq kitobdan iborat. Kutubxonada ilk bor 2021 yili shunday yangilikka qo‘l urilgan, biroq o‘shanda archaning bo‘yi va uni tiklash uchun tartib berilgan kitoblar soni hozirgidan ancha kam bo‘lgan.

“Bu g‘oya kutubxonamiz xodimi Doniyor Yusufga tegishli. Shu taklifni berganida biroz ikkilangandim, lekin keyin o‘zimga ham ma’qul keldi. Archa shaklini hosil qilish uchun kyetgan vaqtimizga achinganimiz yo‘q, chunki shundan beri uning oldida suratga tushib ketishni istovchilarning keti uzilmayapti. Bu g‘aroyib archa kutubxonamizning o‘ziga xos ramziga aylanib qoldi”, — deydi

Oʻzbekistonlik tikuvchilar Tomks oblastiga ishga taklif qilinmoqda

O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsuli Aslam Akbarov Tomsk oblasti gubernatorining iqtisodiyot, investitsiya siyosati va mulkiy munosabatlar bo‘yicha o‘rinbosari Vasiliy Potemkin bilan muzokara o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekistonning Rossiyaning ushbu hududi bilan savdo-iqtisodiy hamkorligining holati, shuningdek, Tomsk oblasti gubernatori Vladimir Mazur boshchiligidagi delegatsiyaning shu yil noyabr oyidagi tashrifi yakunlari muhokama qilindi.

Tomsk oblasti gubernatorining o‘rinbosari, shuningdek, V2V formatidagi uchrashuvlar chog‘ida erishilgan kelishuvlarga, xususan, respublikada termoplastik polimer kompozitsiyalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, “Tomsk elektromexanika zavodi” AJ da ishlab chiqarilgan uskunalarni “O‘zkimyosanoat” AJ va boshqa korxonalarga yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga e’tibor qaratdi.

Muloqot chog‘ida oblastdagi turli korxonalariga O‘zbekistondan mutaxassislarni ishga jalb qilish istiqbollari ham ko‘rib chiqildi.

Mazkur masala yuzasidan Rossiya tomoni hududdagi tikuvchilik va to‘qimachilik korxonalariga ishlash uchun O‘zbekistondan tajribali tikuvchilarni jalb qilish zarurati borligini ma’lum qildi.

Asrorjon Askarov “Hududiy elektr tarmoqlari” rahbari etib tayinlandi

Asrorjon Askarov “Hududiy elektr tarmoqlari” boshqaruv raisi etib tayinlandi. Bu haqda aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati xabar berdi. https://t.me/hetmuloqot/18659

U 2019-yildan beri kompaniya boshqaruvi raisining iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Askarov Asrorjon Akramovich 1978-yil 3-oktabr kuni Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli. Farg‘ona politexnika instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: moliya, bank ishi, bozor iqtisodiyoti asoslari va tamoyillari.

U, shuningdek, “O‘zbekenergo” raisi maslahatchisi, “Energosotish” kompaniyasi filiali direktori maslahatchisi lavozimlarida ham ishlagan.

Теги :
Jamiyat