$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 14-dekabrning eng muhim voqealari dayjesti

positive-24-12-14

Xorijda ishlayotgan o‘zbekistonlik muhojirlar soni uchdan bir qismga kamaydi

O‘zbekistondan vaqtincha ishlash uchun ketganlar soni bir yil ichida 1,68 mln.dan 1,14 mln kishiga tushgan. Bu 32%lik kamayishni anglatadi, deb xabar qildi parlament quyi palatasi. Shuningdek, Migratsiya agentligi orqali 2024-yilda 152,4 ming o‘zbekistonlik xorijga ishlash uchun yuborilgani ma’lum qilindi.

O‘zbekiston pavilyoni oltin medaliga loyiq ko‘rildi

O‘zbekiston milliy pavilyoni Germaniyaning dizayn bo‘yicha “A’lo me’morchilik – yarmarkalar va ko‘rgazmalar” nominatsiyasida oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, pavilyon Osaka shahrida o‘tkaziladigan “Expo 2025” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etishi kutilmoqda. Pavilyon Markaziy Osiyo davlati uchun yangi davr ramzi – o‘sish va rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan namoyishni o‘zida qamragan bo‘lib, dizaynda tabiiy ashyolar va modulli qurilmalardan foydalanilgan.

NNDU va Samarqand davlat universiteti biomeditsina yo‘nalishida 1+1 formatida magistratura dasturini yo‘lga qo‘yadi

Lobachevskiy universiteti xalqaro hamkorlik boshqarmasi rahbari Konstantin Kemayevning aytishicha, dasturni kelgusi o‘quv yilidan yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Unga ko‘ra, talabalar o‘qishni Samarqandda boshlab, amaliyot uchun Nijniy Novgorodga, N. I. Lobachevskiy nomidagi universitetiga boradi.

Prezident stipendiyasi g‘oliblari ro‘yxati tasdiqlandi

OTMlarda tahsil olayotgan bakalavriat bosqichining 83 nafar talabasi 2024/2025-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘ldi. Shuningdek, tanlovda ishtirok etib, sovrindor bo‘lmagan talabalar ham tegishli OTM rahbari (rektor/direktor) tomonidan rag‘batlantiriladi. Jumladan, ularga sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravaricha pul mablag‘i berildi. Bundan tashqari, bir qator nomli davlat stipendiyalari g‘oliblari ham aniqlandi. Ushbu tanlovlarda talabgor bo‘lgan ammo g‘oliblikka tavsiya etilmaganlarga ham sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablag‘i topshirildi.

Теги :
Jamiyat