$
 12825.43
-12.9
 13493.63
-4.59
 120.98
1.28
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 29-noyabrning eng muhim voqealari dayjesti

11 29

Misr kompaniyasi O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarish korxonasini quradi

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Misrning “Nayl Shugar” kompaniyasi mutasaddilari o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi.

Bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida Misr kompaniyasi tomonidan Jizzax viloyatida qand lavlagi yetishtirish va shakar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Tomonlar mazkur istiqbolli loyiha yuzasidan investitsiya shartnomasini imzolash maqsadida ushbu hujjat matni, unda ko‘rsatiladigan muhim bandlar va kelishuvlar bo‘yicha fikr almashdilar.

Oʻzbekistonda yashil iqtisodiyotga oʻtish uchun $1 mlrd. jalb etildi

27-noyabr kuni Toshkentda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va Global yashil o‘sish instituti (GGGI) hamkorligida Orol dengizi inqirozi oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasini yashil reabilitatsiya qilish (Aral Sea GRIP) investitsiya loyihasining boshlanishiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Loyiha O‘zbekistonning yashil iqtisodiyotga o‘tishini tezlashtirishni maqsad qiladi va xalqaro moliya manbalaridan foydalanish orqali iqlim va yashil loyihalarga investitsiyalarni yo‘naltirishni ko‘zda tutadi. Loyiha doirasida 1 milliard AQSH dollari miqdorida barqaror/yashil obligatsiyalar chiqarilishi kutilmoqda.

Hamkorlik memorandumi imzolandi

Oʻzbekiston Notarial palatasi hamda Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg davlat universiteti (SPbDU) oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur Memorandum — birinchi xorijiy oliy oʻquv yurti imzolagan memorandum hisoblanadi.

SPbDUning xalqaro faoliyati boʻyicha prorektori S.V.Andryushin hamda Oʻzbekiston Notarial palatasi raisi D.Ashurov tomonidan imzolangan ushbu hujjat taraflar tomonidan quyidagi yoʻnalishlarni rivojlantirishni oʻz ichiga oladi.

Xususan, memorandum ilmiy loyihalarni amalga oshirish, oʻquv va ilmiy tadbirlar, kurslar, konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar tashkil etish, ilmiy tajriba almashish, bibliografik materiallar va tomonlarni qiziqtirgan boshqa ma'lumotlarni almashlash borasida hamkorlikni tashkil etishga qaratilgan.

Ravshanbek Alimov O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi etib tayinlandi

Bugun O‘zbekistonning Turkiymanistondagi yangi elchisi Ravshanbek Alimov Ashxobodga keldi. U 2016-2024 yillarda elchi bo‘lgan Akmal Qo‘chqorovning o‘rnini egalladi. Alimov xalqaro munosabatlar sohasida ko‘p yillik tajribaga ega, 58 yoshda. U Moskva davlat texnika universiteti, O‘zbekiston davlat boshqaruvi akademiyasi va Jorjtaun universitetida ta’lim olgan va ingliz, fransuz, rus va ukrain tillarini mukammal biladi.

Ravshanbek Alimov 1990-yildan boshlab Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Prezident devoni, Bosh vazir kotibiyati va boshqa muhim lavozimlarda ishlagan. 2002–2008 yillarda esa Ukraina, Moldova, Fransiya va Portugaliyada elchi bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan. 2020-yilda Oliy Majlis Senatiga saylangan va xalqaro aloqalar, iqtisodiy hamkorlik va turizm sohalarida muvaffaqiyatli ishlagan.

Yangi elchi o‘zining katta tajribasi bilan O‘zbekiston — Turkmaniston hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda. Ashxoboddagi elchixona ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.