$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 18-noyabrning eng muhim voqealari dayjesti

18.11.

Putin Farrux Zokirov va Sevara Nazarxonni taqdirladi

“Yalla” ansambli badiiy rahbari Farrux Zokirov va “Oʻzbekkonsert” artisti Sevara Nazarxonova “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi. “Rossiya va Oʻzbekiston madaniyatini yaqinlashtirish va oʻzaro boyitish borasidagi samarali faoliyati uchun” oʻzbek sanʼatkorlari Rossiya mukofotlari bilan taqdirlandi”, deyiladi prezident qarorida.

Shuningdek, chechenistonlik vokalchi Murod Baykayev RFda xizmat koʻrsatgan artist unvoniga sazovor boʻldi.

“Do‘stlik” ordeni 1994-yil bahorida ta’sis etilgan bo‘lib, u Rossiya va chet el fuqarolariga xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va oʻzaro hamjihatlikni mustahkamlashdagi xizmatlari, fan va madaniyat sohasidagi yutuqlari uchun beriladi.

O‘zbekistonda yangi dizel poyezdi sinovdan o‘tkaziladi

O‘zbekiston Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan yangi poyezd qo‘yilishi rejalashtirilgan, deb xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati. Ma’lum qilinishicha, mazkur dizel poyezdi “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ va “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ shartnomasi asosida qurilgan bo‘lib, tarkibi 12 ta vagondan iborat. Bunda 2 ta VIP, 4 ta biznes, 4 ta ekonom, 1 ta restoran va 1 ta dizel vagonlari bor (biznes-klass o‘rindiqlari yo‘nalish bo‘yicha o‘zgaradi). Hozirda poyezd mazkur yo‘nalishda sinovdan o‘tkazish jarayonida.

Poyezd harakat vaqti 6 soatdan iborat bo‘lib, 592 kilometr masofani bosib o‘tadi. Yangi dizel poyezdi sinovi yakunlangach, yaqin kunlarda yo‘lovchilarga foydalanish uchun topshiriladi.

Qayd etilishicha, vagonlar afzalliklari ularning qulayligidan tashqari, yozda sovitish tizimi boshqa vagonlardan farqli ravishda ular to‘xtab turganda ham ishlashda davom etadi.

Qonunlarimizni JST qoidalariga to‘liq moslashtirish kelgusi yilda yakuniga yetkaziladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida nutq so‘zladi.

Qayd etilganidek, o‘tgan davrda parlament diplomatiyasi va parlamentlararo aloqalar tashqi siyosatimizning ta’sirchan va pragmatik vositasiga aylandi. O‘tgan besh yilda O‘zbekiston Parlamentlararo ittifoq, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti parlament assambleyalariga a’zo bo‘ldi, Shanxay hamkorlik tashkilotining xotin-qizlar forumi, Markaziy Osiyo davlatlari ikkinchi parlamentlararo forumi kabi xalqaro tadbirlarga mezbonlik qildi. 

Davlatimiz rahbari xalqaro parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida quyi palatada qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uyg‘unlashtirish hamda iqlim o‘zgarishi oqibatlarini kamaytirish va “yashil” iqtisodiyotga o‘tishni tezlashtirish masalalari bo‘yicha parlament komissiyalari tashkil etishni taklif qildi

Yangi tuzilayotgan parlament komissiyasi tashabbusni qo‘lga olib, qonunlarimizni Jahon savdo tashkiloti qoidalariga to‘liq moslashtirishni kelgusi yilda yakuniga yetkazishiga ishonch bildirildi. 

Hindistonga za’faron eksport qilinadi

Hindistondagi “Groceries Impex” kompaniyasi asoschisi janob Vipin Aggarval “BMB HOLDING” tizimidagi korxonalar faoliyati bilan tanishish maqsadida Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.

“Groceries Impex” kompaniyasi 2009 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Hindistonda ulgurji za’faron va ziravorlar savdosi sohasidagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Hindistonlik ishbilarmon dastlab Baxmal tumanidagi “BMB Za'faron” quritish va qayta ishlash korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Xususan, korxona tarkibidagi plantatsiyada davom etayotgan ishlar, za’faron gullarini terish, saralash, quritish va qadoqlash jarayonlarini bevosita kuzatdi. Mehmon Sharof Rashidov tumanidagi “BMB-NRC Agrologistics” hamda “BMB Agro Plus” korxonalari faoliyati bilan tanishtirilgach, janob Vipin Aggarval qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan chuqur qayta ishlashgacha bo‘lgan to‘liq zanjir tashkil etilganligini e’tirof etib, tizim faoliyatini yuqori baholadi. Xorijlik ishbilarmon yaqin vaqt oralig‘ida nafaqat za’faron, balki “BMB HOLDING” tizimidagi korxonalarda chuqur qayta ishlangan hamda quritilgan mahsulotlar savdosi bo‘yicha ham hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi.