$
 12800.13
-7.9
 13467.02
-145.35
 129.02
-1.13
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 15-noyabrning eng muhim voqealari dayjesti

15

Kartadagi pulni tekshirib koʻrishda pensionerlarga qulaylik yaratildi

Pensiya jamgʻarmasi “SMS-PENSIYA” xizmatiga onlayn ulanish ishga tushirilganini maʼlum qilmoqda. Endilikda nafaqaga chiqqan shaxs my.gov.uz portali orqali onlayn “SMS-PENSIYA” xizmatiga ulanishi soʻralmoqda. Agar ulangan shaxsning raqami oʻzgargan boʻlsa, yangi raqamini kiritishi soʻraladi. Telefon raqami mazkur xizmatga ulanganidan soʻnggina nafaqa oluvchi @pensiyauzbot orqali oʻz pensiya miqdori haqida maʼlumot ololadi.

Yangiyoʻl shahriga yangi hokim tayinlandi 

Xalq deputatlari Yangiyo‘l shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev tanqidiy-tahliliy nutq so‘zladi. Xususan, viloyat hokimining Sultanov Dilshod Shuxratovichni shahar hokimi lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarori tasdiqlanib, Ravshan Raimov tayinlandi. R. Raimov 1976-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. Mutaxassisligi-iqtisodchi. U faoliyati davomida Davlat soliq tizimida bir qator rahbarlik lavozimlarda, shuningdek, 2020-2023-yillarda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlagan. Tayinlovga qadar, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

“Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni o‘z egalariga topshirildi

Poytaxtimizda bir guruh hamyurtlarimiz “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Shu munosabat bilan tashkil . etilgan tadbirga turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari va diniy konfessiya vakillari, milliy madaniy markazlar faollari, yurtimizda millatlararo do‘stlik va diniy bag‘rikenglik rishtalarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shayotgan hamyurtlarimiz hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari taklif etildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-sentyabrdagi “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, ushbu ko‘krak-nishoni bilan diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni targ‘ib etish, fuqarolarning e’tiqod erkinligini ta’minlash, dinlararo hamjihatlikni mustahkamlash va ma’naviy muhit barqarorligini saqlashdagi ibratli ishlari uchun yetuk ulamolar, atoqli arboblar, diniy soha rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda xorijiy olimlar taqdirlanishi belgilangan.

“Yashil” iqtisodiyot uchun KOICA tomonidan 6,5 million dollarlik grant ajratiladi

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov Global yashil o‘sish instituti (GGGI) bosh direktori o‘rinbosari va yashil o‘sishni rejalashtirish hamda amalga oshirish bo‘limi boshlig‘i Helena Makleod bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tomonlarning o‘zaro amalga oshirayotgan loyihalari joriy holati muhokama qilindi. Jumladan, “O‘zbekiston tomonidan Parij bitimini amalga oshirishga ko‘maklashish va 6-moddaga muvofiq Koreya Respublikasi bilan hamkorlikdagi harakatlarni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasidagi hamkorlik yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. Mazkur loyiha doirasida hukumatga iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishda ko‘maklashish maqsad qilingan. Xususan, “yashil” investitsiyalarni jalb qilish, iqlimga moslashuvchan qishloq va o‘rmon xo‘jaligi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, strategik ekologik baholash, yashil moliyalashtirish hamda karbon bozorlarini rivojlantirish kabi yo‘nalishlarda yordam ko‘rsatilishi rejalashtirilgan.  Vazirlik axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv yakunida tomonlar 6,5 million AQSH dollari miqdoridagi grant ajratishni nazarda tutuvchi “yashil” iqtisodiyotga o‘tishni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi doirali kelishuvni imzolagan.

Теги :
Jamiyat