$
 12831.13
-55.77
 14542.80
-82.54
 161.07
0.2
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Endi zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar himoya orderi olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin

Maishiy zo

My.gov.uz portalida ayollarni himoya qilishga yordam beruvchi xizmat ishga tushirildi. Endi tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar himoya orderini olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin. 

Murojaat profilaktika inspektoriga taqdim etilgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida koʻrib chiqiladi. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xabar berdi.

Order qanday cheklovlarni o‘z ichiga oladi?

Himoya orderi zoʻravonlik sodir etgan shaxsga nisbatan bir qator cheklovlar qoʻyish orqali jabrlanuvchini himoya qiladi.

  • Tazyiq va zoʻravonlik sodir etishni taqiqlash;
  • Zoʻravonning jabrlanuvchi bilan aloqasini taqiqlash;
  • Jabrlanuvchi va zoʻravonning bir xonada boʻlishini taqiqlash;
  • Zoʻravon zimmasiga jabrlanuvchining davolanish, yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararini qoplash majburiyatini yuklash;
  • Zoʻravonning qurol saqlash va olib yurish huquqini cheklash kabilar.
Теги :
Jamiyat