$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Universitetga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da bergan direktor o‘rinbosari qo‘lga olindi

positive

Universitetga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da bergan direktor o‘rinbosari qo‘lga olindi

U 2000 dollar porani olayotgan vaqtida qo'lga olingan.

"Tanishlar bor, nima g‘am bor?"

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazdi.

 tezkor tadbirda fuqaro T.Ye. fuqaro S.S.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida qo‘lga olindi.

"Tanishlar" ham qo‘lga tushdi

Fuqaro T.Y.ning ko‘rsatmasiga asosan davom etgan tadbirda ushbu universitetning Nukus filiali direktori o‘rinbosari R.X. fuqaro S.S. ni o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Jinoyat ishi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi ya’ni firibgarlik va 28, 211-moddasi, pora berish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Теги :
Jamiyat