$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

37 millionlik marra: Tug‘ilishlar soni ham, o‘limlar soni ham oshgan

population

Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yil 22-aprelga o‘tar kechasi soat 03:24 da, O‘zbekiston aholisi 37 million bo‘ldi.

Har 24 yildagi ko‘rsatkichlar

Aholi soni o‘sishini grafikka solib ko‘rildi. Shunday qilib, O‘zbekiston aholisi 1950-yilda 6,3 mln kishi bo‘lgan ekan. 1965-yilda 10 milliondan, 1989-yilda (24 yilda) 20 milliondan, 2013-yilda (yana 24 yilda) 30 milliondan o‘tgan ekan. Kecha, ya’ni joriy yilning 22-apreliga o‘tar kechasi 37 millioninchi o‘zbekistonlik dunyoga keldi.

Urush bo‘lmaganda

Grakfikka ko‘ra, o‘sha davrdagi urush bo‘lmaganida aholi soni hozirda 50 millionga yetardi.

A’zamxo‘jayev 1965-yildan 2013-yilgacha har 24 yilda o‘zbekistonliklar 10 millionga ko‘paygani haqida yozdi.

“Nufusimiz yanayam ko‘proq bo‘lgan bo‘lardik va allaqachon 50 millionlik millatga aylanardik, agarda bizniki bo‘lmagan o‘sha la’nati urush bo‘lmaganida. Urush arafasida O‘zbekistonning aholisi 6,8 million bo‘lgan. Ushbu ko‘rsatkichga faqat 13 yil o‘tib, 1953-yilda qaytadan chiqilgan. Undayam shimoldan qochoqlarning katta ko‘chishi hisobiga” – deydi bloger.

Eng asosiy savol: rosa bir yil avval Ijtimoiy davlat deb e’lon qilingan O‘zbekistonda 37 millioninchi o‘zbekistonlik uchun suyunchi puli bo‘ladimi?

O‘lim ko‘rsatkichlari

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekistonda 172 757 nafar inson vafot etgan. Shundan 77 751 nafari ayollar, 95 006 nafari esa erkaklardir. Shuningdek, 2023-yilda eng ko‘p Samarqand viloyatida 19 388 ta o‘lim holati qayd etilgan.