Dunyo aholisi qachon 9 milliardga yetishi ma’lum bo‘ldi
2024-yilda dunyo aholisi 71 milliondan ortiq kishiga oʻsdi va 2025-yil boshida 8,09 milliard kishini tashkil etadi.
1 daqiqa o‘qiladi

2024-yilda Yer aholisining soni oʻtgan yilga nisbatan qariyb 82 million kishiga koʻpaydi, deb yozmoqda “ABC News” nashri.
Dunyo aholisi 8,09 milliard bo‘ldi
Keltirilishicha, AQSH aholini roʻyxatga olish byurosining hisob-kitoblariga koʻra, 2024-yilda dunyo aholisi 71 milliondan ortiq kishiga oʻsdi va 2025-yil boshida 8,09 milliard kishini tashkil etadi.
Tashkilotning hisob-kitoblariga koʻra, aholining eng koʻp koʻpayishi Afrikada kuzatilgan. Ekspertlar yaqin yigirma yil ichida ushbu qitʼada yashovchi odamlar soni ikki baravar koʻpayishini taxmin qilmoqda.
Qachon 9 milliarddan oshadi?
Birlashgan Millatlar Tashkilotining hisob-kitoblariga tayanilsa, 2037-yilda sayyoramiz aholisi birinchi marta 9 milliarddan oshishi mumkin. Dunyo aholisining oʻsishi davom etayotgan boʻlsa-da, oʻsish surʼati sezilarli darajada sekinlashgan. Hozirgi global tugʻilish darajasi har bir ayolga oʻrtacha 2,2 bolani tashkil qiladi.
Maʼlumotlarga koʻra, 2025-yil yanvar oyida dunyo boʻylab har soniyada 4,2 tugʻilish va 2,0 oʻlim holati kuzatilishi taxmin qilinmoqda.



