Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 96 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +8°

Quyoshda qolgan plastik suv idishlari saratonga olib kelishi mumkin

Ularning barchasidan alkan, alken, spirt, aldegid, kislota va kanserogenlar kabi zararli kimyoviy moddalar topilgan.

1 daqiqa o‘qiladi

Quyoshda qolgan plastik suv idishlari saratonga olib kelishi mumkin

Quyoshda qolgan 6 turdagi plastik suv idishlari Jinan universitetining Guangdong laboratoriyasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Ularning barchasidan ultrabinafsha nurlanishi va issiqlik ta’sirida chiqadigan alkan, alken, spirt, aldegid, kislota va kanserogenlar kabi zararli kimyoviy moddalar topilgan.

Xavfli o‘smalar

Tadqiqotda ultrabinafsha va quyosh nurlanishida chiqariladigan moddalarning turlari va zararlari chuqur o‘rganilgan. Laboratoriyaning yetakchi tadqiqotchisi Doktor Huase Ouning ta’kidlashicha, bunday idishlardan tez-tez foydalanish xavfli o‘smalarga olib kelishi mumkin. 

“Tadqiqotimiz plastik suv idishlari quyosh nuri ta’sirida sog‘liq uchun xavf tug‘diruvchi zaharli birikmalarni chiqarishi haqida ishonchli dalillar beradi. Iste’molchilar bu xavflardan xabardor bo‘lishlari kerak”, – dedi u.

Jiddiy nazorat kerak

Tadqiqotchilar ichimlik suv xavfsizligini kafolatlash uchun saqlash sharoitlarini jiddiy nazoratga olish va inson salomatligiga zarar yetkazmaydigan materiallar ustida ishlash kerakligini tavsiya qilyapti.