$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Piyoz narxi ham yerga qarab o‘smoqda

Piyoz

O‘tgan haftada O‘zbekistonda piyoz narxi rekord darajagacha tushib ketdi. 830 kilogrammdan ko‘proq piyozni 100 dollarga sotib olish mumkin. Narxlarning bunday keskin tushib ketishiga nima sabab bo‘lmoqda?

Narx o‘tgan yili shu davrga nisbatan 2 baravar pastroq

Hozirgi paytda piyoz narxi turli hududlarga qarab 2500-3500 so‘mga sotilmoqda, ulgurji savdoda esa 1500-2000 so‘mni tashkil qilmoqda. Bu narx 800-1000 so‘m 1 kilogrammni yetishtirish narxi bo‘lib, quriganlar va yo‘qotilgan mahsulotlar hisobiga narx 1200-1300 so‘mga chiqadi, hamda yetkazib berish xarajatlari bilan 1500-2000 so‘m kelib chiqadi. Bu yaqin 5 yillikdagi eng ko‘p pastlagan narx bo‘lib turibdi. Odatda ham bu paytda piyoz narxi past bo‘lgan, ammo o‘tgan yili ham narxlar hozirgidan 2 baravar ko‘proq(hozir – 12 AQSH senti, o‘tgan yili – 24 AQSH senti) bo‘lgan.

1 gektarda 80 tonnagacha piyoz yetishtirilgan

Kuzda hosil yig‘imdorligi ancha yuqori bo‘lib, o‘rtacha 80 tonnani, Ohangaron, Zarbdor va Xovos kabi maxsus ixtisoslashtirilgan viloyatlarda esa 100 tonnani tashkil qilgan. Narxlar esa o‘tgan yilgiga nisbatan 4,4 baravarga kamroq.

“Qulash” davom etishi mumkin

EastFruit tomonidan bildirilgan taxminlarga ko‘ra, bu narxlar faqat savdodagi piyoz narxlari ekanligini inobatga oladigan bo‘lsak va hali fermerlarda bahorda sotish uchun sotib olingan piyozlar ham borligini ham qo‘shganda, kelgusi narxlar deyarli nollashishi mumkin. Undan tashqari, kuzda zaxira qilingan piyozlarni to‘liq sota olmaslik xavfi mavjud, bu esa yetishtirilgan 150-200 ming tonna piyozni shunchaki chiqindiga tashlash yoki chorva mollariga berishga olib keladi. BMTning Oziq-ovqat mahsulotlari va qishloq xo‘jaligi tashkiloti vakili Andrey Yarmak vaziyatni tushuntirib, piyoz narxi ko‘tarilish yoki kamayishiga iste’molchilarning aloqasi yo‘qligini, ular doimo bir xil miqdorda sotib olishi hamda bu raqamlarni sun’iy o‘zgartirib bo‘lmasligini ta’kidladi.

Теги :
Jamiyat