Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 91 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +8°

Varshavadagi pichoqbozlikda o‘zbekistonlik yigit jabrlanuvchi bo‘lgan

O‘zbekiston fuqarosi tergov eshituvidan keyin qo‘yib yuborilishi ta’kidlandi.

1 daqiqa o‘qiladi

Varshavadagi pichoqbozlikda o‘zbekistonlik yigit jabrlanuvchi bo‘lgan

Polshaning Varshava shahrida 26 yoshli o‘zbekistonlik yigit 15 yoshli ukrainalik ikki o‘smirga pichoq bilan hujum qilgani haqida xabar berilgan edi. Unda voqea 22-iyul kuni Brodno bog‘ida sodir bo‘lgani va jarohatlangan o‘smirlar kasalxonaga yotqizilgani aytilgandi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi bilan bog‘lanib vaziyatga oydinlik kiritildi.

 Ukrainaliklar O‘zbekiston fuqarosiga hujum qilgan

Aytilishicha, bog‘da 4 nafar ukrainalik o‘zbekistonlik fuqaroni talon-toroj qilish maqsadida unga hujum qilgan. O‘zbekistonlik yigit hujumdan tan jarohati olgan. U o‘zini himoya qilish maqsadida pichoqdan foydalangan. "Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda. Unda O‘zbekiston fuqarosi aybdor emas, aksincha, jabrlanuvchi sifatida ishtirok etmoqda", — deydi diplomatik vakolatxona.

Tergov eshituvidan keyin qo‘yib yuboriladi

Yigitga konsullik huquqiy yordami ko‘rsatilgan va tarjimon bilan ta’minlangan. Qo‘shimcha qilinishicha, bugun 24-iyul kuni O‘zbekiston fuqarosi tergov eshituvidan keyin qo‘yib yuboriladi.