Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 97 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +12° kechasi +8°

Masjidda pichoqlangan shaxs

O‘z tanishini dori ta’sirida pichoqlagan fuqaro qo‘lga olindi.

1 daqiqa o‘qiladi

Masjidda pichoqlangan shaxs

Masjidda pichoqlangan shaxs

O‘z tanishini dori ta’sirida pichoqlagan fuqaro qo‘lga olindi.

Hodisa tafsilotlari

Ma’lum bo‘lishicha, o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan shaxsni qasddan o‘ldirish maqsadida fuqaro masjid tahoratxonasiga yonida pichoq bilan birga keladi va tanishining orqa tomonidan borib uning bosh, bo‘yin, ko‘krak va qorin sohalariga birnecha marotaba pichoq urib voqea joyidan qochib ketgan. Bu holatlar masjidning videokameralariga yozilib qolgan.

Dori ta’sirida qotillik

O‘z vaqtida ko‘rsatilgan tez tibbiy yordam tufayli pichoqlangan shaxsning hayoti saqlab qolindi.

Arzimagan gap-so‘zlar sabab o‘z tanishini o‘ldirmoqchi bo‘lgan fuqaro esa qo‘lga olingan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha fuqaro kuchli ta’sir qiluvchi dori ta’sirida hamda sarxush bo‘lgan ekan. 

Jinoyatning jazosi

Ayblanuvchi Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga ko‘ra aybdor deb topildi va unga nisbatan Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llanilib, 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.