$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

PFL Superliga-2024 ramziy jamoasini e’lon qildi

Pfl

O‘zbekiston professional futbol ligasi matbuot xizmati Superliganing ushbu mavsumi uchun o‘zining ramziy terma jamoasini e’lon qildi.

Xotira abadiy

Ramziy jamoa videorolik shaklida taqdim qilingan bo‘lib, unda avtohalokat natijasida hayotdan ko‘z yumgan futbolchi va o‘quvchilar xotirlangan. "Afsuski, so‘nggi vaqtlarda yurtimizda ko‘plab insonlar yo‘l-transport xodisasi tufayli jabrlanmoqda. BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasiga ko‘ra, noyabrning uchinchi yakshanbasi — Butunjahon yo‘l harakati qurbonlarini xotirlash kuni sifatida belgilangan. Liga Superliga ramziy jamoasini ushbu tarzda e’lon qilish orqali, yo‘llarda harakatlanuvchi barchani xushyorlikka va yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishga chorlaydi. Mazkur rolik Gazeta.uz nashri hamda Toshkent shahar IIBB YHXB bilan hamkorlikda tayyorlandi" — deb yozadi liga. 


Superliga-2024 ramziy jamoasi 

  • Darvozabon: Abduvohid Ne’matov ("Nasaf")
  • Himoyachilar: Oleg Zoteyev ("So‘g‘diyona"), Vladimir Bubanya ("Andijon"), Sunnatillo Hamidjonov ("Surxon"), 
  • Yarim himoyachilar: Ratino ("Dinamo"), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Anvar Xojimirzayev ("Dinamo"), Vladimir Yovovich ("So‘g‘diyona"), Lyupcho Doriyev ("So‘g‘diyona")
  • Hujumchilar: Dragan Cheran ("Paxtakor"), Zoran Marushich ("Nasaf").
  • Bosh murabbiy: Ro‘ziqul Berdiyev ("Nasaf").
Теги :
Jamiyat