PFAS kimyoviy moddalari sog‘liq uchun zararli
Ushbu moddalarning iste’mol mahsulotlariga qo’shilishi organizm uchun katta xavfni keltirib chiqarmoqda
4 daqiqa o‘qiladi

Per- va poliftoralkil moddalar (PFAS), "doimiy kimyoviy moddalar" nomi bilan tanilgan, ular elektronikadan tortib aerokosmikgacha bo‘lgan turli sohalarda qo‘llaniladi. Biroq, ular kundalik iste’mol tovarlariga ham kirib, jamoatchilikni tashvishga solmoqda.
Qayerlarda uchraydi?
Bu moddalar bir tarafdan foydali, chunki, ular suvga chidamli, yog‘ o‘tkazmaydi va dog‘ olmaydigan xususiyatlarga ega. Lekin ayni paytda zararalari ham yo'q emas. Ushbu kimyoviy moddalar suvda, tuproqda va havoda bo‘lishi mumkin, bu esa inson salomatligiga salbiy ta’sirini oshiradi.
Shuningdek, yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ular deyarli hamma joyda hattoki yomg‘ir suvlarida ham borligi aniqlandi. Ular, shuningdek, suv manbalarida va tobora ko‘proq meva va sabzavotlarda uchramoqda.
Kimyoviy moddalar ta’siridan butunlay qochish mumkin emas
"Sizning tanangiz ularni parchalamaydi va ba’zi PFAS moddalari tanada yillar davomida, ehtimol uch yildan besh yilgacha bo’lgan muddatda qolishi mumkin. Ko‘pgina tadqiqotlar bu moddalarni saraton, gormonal nomutanosiblik, reproduktiv funksiyalar bilan bog‘liq muammolar va boshqa muammolar xavfi ortishi bilan bog‘laydi. PFAS ta’siri immunitet tizimining zaiflashishi, vaksinalarga javobning pasayishi va xolesterin darajasining oshishi bilan bog‘liq. Siz PFASga duchor bo‘lishingiz har doim ham kasal bo‘lishingizni anglatmaydi, lekin xavf ortadi," - deydi Ikan tibbiyot maktabi dotsenti doktor Shelle Lyu Euronews Healthga.
Kimyoviy moddalar ta’siridan butunlay qochish deyarli mumkin emas, ammo tahdidlarni kamaytirish mumkin. Buning uchun siz PFASni o‘z ichiga olgan ba’zi kundalik mahsulotlardan uzoqlashishingiz kerak.
Ovqat yuqini olmaydigan qoplama bilan qoplangan idishlar
Bunday idishlar, qozonlar PFAS moddalari bilan qoplangan, bu esa ovqatning yopishib qolishining oldini olishga yordam beradi.Qoplamalar qizdirilganda, tirnalgan yoki eskirganida, ular pishirilayotgan ovqatga kimyoviy moddalarni chiqarishi mumkin. Ta’sirni kamaytirish uchun odamlar zanglamaydigan po‘lat kabi muqobillarni tanlashlari yoki eski idishlarni muntazam ravishda almashtirishlari kerak.
Qadoq paketlarning zarari
PFAS ba’zan bir martalik oziq-ovqat qadoqlash materiallarida, masalan popkorn paketlarida, yog‘ni o‘ziga singdirmaslik xususiyati tufayli tez tayyorlanadigan ovqatlar o‘ramlari va pitsa qutilarida ishlatiladi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, muntazam ravishda tashqarida ovqatlanadigan odamlarning qonida PFAS darajasi yuqori.
Bugungi kunga kelib bir qator mamlakatlar va kompaniyalar zaharli moddalarni cheklash choralarini ko‘rmoqda. Yil boshida Qo‘shma Shtatlarda PFASni o‘z ichiga olgan qadoqlarni ishlatish taqiqlangan edi. Ba’zi tez ovqatlanish tarmoqlari ham butun dunyo bo‘ylab qadoqlashda PFASdan foydalanishni bosqichma-bosqich to‘xtatish rejalarini e’lon qilishdi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, faqat uyda pishirilgan taomlarni tanlash va PFASsiz deb belgilangan idishlardan foydalanish kimyoviy moddalar ta’sirini kamaytirishni kafolatlashi mumkin.
Kosmetika mahsulotlari
PFAS odatda ko‘plab kosmetik mahsulotlarga qo‘shiladi. Ular ko‘pincha quyoshdan saqlaydigan kremlar va suv o‘tkazmaydigan maskalar kabi uzoq muddatli effektlarni va’da qiladigan mahsulotlarda topiladi. Xavf aniq, chunki moddalar teri orqali qonga singishi mumkin. Ta’sirni kamaytirish uchun " PFAS ni o‘z ichiga olmaydi" deb belgilangan mahsulotlarni xarid qilishlari lozim.
Shaxsiy gigiyena tovarlari
PFAS shuningdek, shaxsiy gigiyena vositalarining keng assortimentiga, shu jumladan kontratseptiv vositalarga qo‘shiladi. Ba’zi gigiyena vositalarida esa PFAS yaxshi singdiruvchanlikni ta’minlaydi.
Mamavation sayti tarafidan Environmental Health News bilan hamkorlikda 2022-yilda o‘tkazilgan tadqiqotda, sinovdan o‘tgan gigiyena prokladkalarining 48 foizida, shuningdek, tamponlarning 22 foizida, shu jumladan "organik" deb belgilangan ikkita mahsulotda kimyoviy moddalar aniqlangan.
Ta’sirni minimallashtirish uchun iste’molchilar PFAS ishlatmasliklarini kafolatlaydigan brendlardan gigiyena mahsulotlarini olishlari kerak.
Suv o‘tkazmaydigan matolar
Toxic-Free Future atrof-muhit salomatligini tadqiq qilish va himoya qilish tashkilotining hisoboti shuni ko‘rsatdiki, sinovdan o‘tgan va suvga yoki dog‘ga chidamli deb belgilangan mahsulotlarning 72 foizida PFAS mavjud. Ular orasida gilamlar, kiyim-kechak va matolar bor. Misol uchun, yomg‘ir o‘tkazmaydigan plashlar va vetrovkalarda bu zaharli kimyoviy moddalarni topish mumkin.
Salbiy ta’sirlardan qochish uchun iste’molchilar brendning ekologik toza bo‘lmagan ingredentlar bilan munosabatlarda e’tibor berishlari kerak.
Doktor Lyuning ta’kidlashicha, PFAS xavfi to‘g‘risida xabardorlikning ortishi sanoatni "doimiy kimyoviy moddalar" dan foydalanmasdan suv va dog‘larga chidamli xususiyatlarni ta’minlaydigan muqobillarni topishga undashi mumkin.



