$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonning qaysi hududida pensionerlar ko‘proq?

Keksalar

O‘zbekistonda pensiya oluvchilar soni 4 mln kishidan oshdi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2024-yil 1-iyun holatiga Pensiya jamg‘armasi hisobida turib pensiya oluvchi fuqarolar soni 4 mln 8 ming 597 nafarni tashkil qilgan. 2024-yilning 1-may holatiga ular soni 3 mln 998 ming 966 nafar bo‘lgan.

5 oyda 124 mingdan ortiq fuqaroga pensiya tayinlangan

Joriy yilning yanvar-may oylarida 124 184 nafar fuqaroga yangi pensiyalar tayinlangan. Shundan 102 610 nafar fuqaroga yoshga doir, 14 388 nafar fuqaroga nogironlik hamda 7 186 ta oilaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan.

Hududlar kesimida holat qanday?

Pensiya oluvchilar soni hududlar kesimida quyidagicha:  

Farg‘ona viloyati – 473 337 nafar;

Samarqand viloyati – 426 789 nafar;

Andijon viloyati – 374 667 nafar;

Toshkent shahar – 367 483 nafar;

Toshkent viloyati – 365 544 nafar;

Qashqadaryo viloyati – 357 362 nafar;

Namangan viloyati – 313 241 nafar;

Surxondaryo viloyati – 268 066 nafar;

Buxoro viloyati – 253 604 nafar;

Xorazm viloyati – 220 681 nafar;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 215 679 nafar;

Jizzax viloyati – 135 250 nafar;

Navoiy viloyati – 134 829 nafar;

Sirdaryo viloyati – 102 065 nafar.

Теги :
Jamiyat