Kechirib bo'lmas gunoh va xatolar seriyasiga chek qo'yildi
5 nafar farzandning otasi bo‘la turib, ikkinchi xotinining 11 yashar qizini zoʻrlab kelgan erkak qoʻlga olindi.
1 daqiqa o‘qiladi

5 nafar farzandning otasi bo‘la turib, ikkinchi xotinining 11 yashar qizini zoʻrlab kelgan erkak qoʻlga olindi.
Nafs qurboni
Ma'lum bo'lishicha, bloger niqobi ostidagi bu kimsa qonuniy xotini bo‘la turib, boshqa bir erkak bilan rasmiy nikohi bekor qilinmagan ayolni o‘ziga ikkinchi xotin qilib olgan. Shu bilan ham qoniqmay, ikkinchi xotinining voyaga yetmagan (11 yashar) qizini ham muntazam zo‘rlab kelgan.
Tibbiy, psixologik va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi rahbariyatining aralashuvi bilan bolaning huquqlari poymol bo‘lishi oldi olindi. Hozirda Agentlik tomonidan jabrlanuvchiga zarur tibbiy, psixologik va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etgan 31 yashar A.K rad etib bo‘lmas dalillar bilan qo‘lga olingan bo‘lib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan qondirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



