$
 12869.90
-4.96
 13496.66
-28.38
 124.94
1.88
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi

jismoniy faollik

“Yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-443-son, 18.12.2024-y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, haftaning har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi.

Sport turlariga ixtisoslashtirish amaliyoti

2025/2026-o‘quv yilidan:

  1. sport maktablarini sport turlariga ixtisoslashtirish amaliyoti joriy etiladi;
  2. sport maktablarida ommaviy sport bo‘yicha trener-seleksioner lavozimi joriy etiladi;
  3. har bir ommaviy sport bo‘yicha trener-seleksionerga 5 tagacha mahalla va uning hududidagi davlat ta’lim muassasalari biriktiriladi;
  4. ommaviy sport bo‘yicha trener-seleksioner o‘ziga biriktirilgan hududda “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini o‘tkazib borishga mas’ul hisoblanadi.

 Maktab-internatlar faoliyati yangicha tartibda tashkil qilinadi

2025/2026-o‘quv yilidan hududlardagi olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar faoliyati quyidagi yangicha tartibda tashkil qilinadi:

  • sport turlari bo‘yicha mahorat maktablari tashkil qilinadi;
  • mahorat maktablari faoliyati sport turlari bo‘yicha iqtidorli yosh sportchilarni saralab olish va ularni terma jamoalarga asosiy nomzod sifatida tayyorlashga yo‘naltiriladi hamda alohida sport turlariga ixtisoslashtiriladi;
  • mahorat maktablari o‘quvchi-sportchilarining umumiy kontingenti jami 150 nafardan ko‘p bo‘lmagan miqdorda 7–11-sinf o‘quvchilaridan iborat bo‘ladi;
  • mahorat maktablari o‘quv dasturini o‘zlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tgan 11-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma beriladi;
  • mahorat maktablarida oziq-ovqat bilan ta’minlash xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovi undirilmaydi.
Теги :
Jamiyat