$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Xalqaro tashkilotlar O‘zbekistonda paxta yetishtirish jarayonida inson huquqlari buzilayotganini qayd etdi

Paxta

Xalqaro tashkilotlar O‘zbekistondagi paxta yetishtirish va ishlab chiqarish bilan bog‘liq inson huquqlari buzilayotganini qayd etdi. Unda O‘zbekistondagi paxta yetishtirish va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bir necha muammolar ko‘rsatib o‘tilgan.

Qanday muammolar bor?

Hisobotda qayd etilishicha, paxta yetishtirishda yerni noqonuniy tortib olish holatlari hamon uchramoqda. Shuningdek, davlatning paxta ishlab chiqarish shartnomalariga noqonuniy aralashuvi hamda majburiy ishlab chiqarish kvotalari hanuz mavjud.

Xususiylashtirish va klaster ham foyda bermayaptimi?

Bundan tashqari, O‘zbekistonda paxta ishlab chiqarish xususiylashtirilgan va “klaster” modellari joriy qilingan bo‘lsa-da, quyidagi muammolar saqlanib qolmoqda:

  • Fermerlar uchun majburiy shartnomalar;
  • Yerni vaqtinchalik egalik qilish cheklovlari;
  • Mehnat sharoitining yomonligi;
  • Davlatning qishloq xo‘jaligiga aralashuvi va fermerlarning ekspluatatsiya qilinishi.
Теги :
Jamiyat