O‘zbekiston Jahon pasportlar indeksida o‘z o‘rnini yaxshiladi
Pasportlar ularning egalarining boshqa mamlakatlarga vizasiz, kelganda viza olish imkoniyati bilan, elektron kirish ruxsatnomasi yoki uch kun ichida beriladigan elektron viza bilan kirish imkoniyatiga qarab baholandi.
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Arton Capital moliyaviy maslahat kompaniyasi tomonidan tuzilgan Passport Index pasportlar kuchi bo‘yicha jahon reytingida 68-o‘rinni egalladi.
Reytingda nimalar inobatga olinadi?
Ma'lumot uchun, pasportlar ularning egalarining boshqa mamlakatlarga vizasiz, kelganda viza olish imkoniyati bilan, elektron kirish ruxsatnomasi yoki uch kun ichida beriladigan elektron viza bilan kirish imkoniyatiga qarab baholandi. Agar, raqamlarda o‘xshashlik bo‘lsa, bir o‘rin uchun bir necha davlat to‘g‘ri kelishi mumkin.
O‘zbekistonliklar 32 ta davlatga vizasiz kirishi mumkin
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim 32 mamlakatda amal qiladi, yana 46 tasida vizani kelganda olish mumkin, 120 ta davlatda esa viza talab etiladi.
2023-yil oxirida O‘zbekiston reytingda 70-o‘rinda edi. O‘shanda vizasiz rejim faqat 27 ta davlatda amal qilgan, 47 tasida vizani kelganda olish mumkin bo‘lgan va 124 tasida viza talab qilingan.
O‘tgan yili Birlashgan Arab Amirliklari, Tailand, Ummon, Pokiston bilan vizasiz rejim joriy etildi, shuningdek, Xitoy bilan kelishuv imzolandi.
Markaziy Osiyo davlatlari reytingda
Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston 52-o‘rinda (46 mamlakatda vizasiz rejim), Qirg‘iziston 68-o‘rinda (32 mamlakatda vizasiz rejim), Tojikiston 72-o‘rinda (27 mamlakatda vizasiz rejim), Turkmaniston 76-o‘rinda (18 mamlakatda vizasiz rejim) yetakchilik qilmoqda.
TOP-3 mamlakatlar
Reytingda BAA, Ispaniya ikkinchi, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Belgiya, Italiya, Daniya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Avstriya, Portugaliya, Shveysariya, Norvegiya, Gretsiya va Irlandiya birinchilik qilmoqda.
Oxirgi qatorni Suriya egallaydi, uning fuqarolari uchun vizasiz rejim faqat 9 mamlakatda amal qiladi.



