$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston va Ozarbayjon parom ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

parom

Tomonlar transport va tranzit sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish uchun aniq chora-tadbirlar ishlab chiqmoqda. Bu haqda manbalarga tayanib, Trend.az xabar berdi. Loyihani moliyalashtirish hajmi 150 million AQSH dollarini tashkil etmoqda.

Qo‘shma korxona tashkil qilish mo‘ljallangan

Xususan, gap ombor infratuzilmasini birgalikda qurish, Transkaspiy yo‘nalishi bo‘yicha tashuvlarni rivojlantirish uchun qo‘shma korxona tashkil etish va boshqa loyihalar haqida bormoqda.

22-avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston — Ozarbayjon biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida 2 milliard dollarlik loyihalar portfeli shakllantirildi.

Ozarbayjon prezidenti tashrifida 520 mln. dollarlik shartnomalar imzolangan

Shu bilan birga, 23-avgust kuni prezident Ilhom Aliyevning Toshkentga tashrifi doirasida davlat rahbarlarining ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida umumiy qiymati 520 million dollarlik 7 ta loyiha ishga tushirishga tayyorlandi.

Boku porti muhim joymi?

Jumladan, 2023-yilning avgust oyida transport vazirining sobiq o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov O‘zbekistonning Boku portidagi ombor infratuzilmasidan foydalanishga qiziqishi borligini aytgandi. 2022-yilda esa Boku porti orqali yuk tashish hajmi 904 ming tonnani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 65 foizga oshgandi.

Shuningdek, avvalgi uchrashuvda O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Transkaspiy yo‘lagi doirasida qo‘shma logistika kompaniyasini tashkil etish, Boku va uchinchi davlatlar portlarida omborlar va logistika markazlarini qurish imkoniyatlarini muhokama qilgan edilar.

Теги :
Jamiyat