$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

“Attraksionnazorati” mobil ilovasi ishlab chiqildi: Endi attraksionlar xavfsizroq bo‘ladimi?

attraksion

O‘zbekistonda attraksionlardan foydalanish xavfsizligini oshirish maqsadida yangi chora-tadbirlar joriy etilmoqda. Xususan, Sanoat, radiatsiya va yadroviy xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan attraksionlarni masofaviy nazorat qilishga mo‘ljallangan “Attraksionnazorati” mobil ilovasi ishlab chiqildi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati rahbari Bekzod Berdiev AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Qonun va qarorlar asosida

Prezidentning 2024-yil 24-maydagi 79-son farmoni va Vazirlar Mahkamasining 186-son qarori asosida attraksionlardan foydalanish qoidalari va xavfsizlik talablarini tartibga solish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan.

Shuningdek, 2024-yil 26-dekabrda qabul qilingan 886-son qarorga binoan:

Attraksionlar xavfsizligi bo‘yicha yangi texnik reglament kuchga kirdi.

Attraksionlarni davlat reestriga kiritish va ulardan foydalanishni nazorat qilish tartiblari belgilandi.

Endilikda barcha attraksionlar texnik reglament talablariga qat’iy amal qilgan holda o‘rnatilishi shart.

“Attraksionnazorati” ilovasi qanday ishlaydi?

“Attraksionnazorati” mobil ilovasi orqali quyidagilar amalga oshiriladi:

 1. Attraksionlarning texnik holatini masofaviy nazorat qilish.

 2. Fuqarolar tomonidan nosoz attraksionlar haqida xabar berish imkoniyati.

 3. Attraksion xavfsizligini baholash jarayonlari uchun real vaqt rejimida ma’lumot olish.

Mazkur ilova orqali attraksionlardan foydalanish jarayonidagi xavflarni minimallashtirish va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsad qilingan.

Yangi tartibga ko‘ra, attraksionlar xavf darajasiga qarab davlat reestriga quyidagi muddatlarda kiritilishi shart:

 I darajali xavf: 12 oy ichida.

 II darajali xavf: 15 oy ichida.

 III darajali xavf: 18 oy ichida.

Bu talab attraksionlardan xavfsiz foydalanishni ta’minlash uchun ularning texnik holatini doimiy nazoratda ushlab turishni ko‘zda tutadi.

Attraksion xavfsizligi uchun yangi talablar

Yangi texnik reglamentga ko‘ra, attraksionlardan xavfsiz foydalanishni ta’minlash uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

— Attraksion kirish joylarida foydalanish qoidalari va cheklovlar (yosh, vazn, bo‘y bo‘yicha) haqida batafsil ma’lumot joylashtiriladi.

— Nosoz attraksionlar va xavfli holatlar haqida real vaqt rejimida xabar berish imkoniyatlari yaratiladi.

— Attraksionlar video kuzatuv moslamalari bilan jihozlanadi.

Nima uchun yangi reglament zarur?

Bekzod Berdiev ta’kidlashicha, o‘tgan yillar davomida yig‘ilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, texnik reglament va xavfsizlik talablariga rioya qilinmagan attraksionlar tufayli bir qancha baxtsiz hodisalar yuz bergan. Bu yangi texnik reglamentlarni qabul qilish va attraksion egalarining mas’uliyatini oshirish zarurligini ko‘rsatdi. Endilikda attraksionlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish, davlat reestriga kiritish va xavfsizlik talablari buzilgan taqdirda tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha qat’iy talablar joriy qilinmoqda.

Теги :
Jamiyat