Xalqaro taqqoslash dasturining natijalari e’lon qilindi
Natijalarga ko‘ra, Oʻzbekistonda xarid qobiliyati pariteti boʻyicha yalpi ichki mahsulot hajmi 285 mlrd AQSh dollarni tashkil etgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Jahon bankining mazkur hisob-kitoblari Statistika agentligi tomonidan oʻtkazilgan statistik kuzatuvlar ma'lumotlari asosida amalga oshirilgan. https://t.me/statistika_rasmiy/4749
Oʻzbekiston xarid qobiliyati pariteti boʻyicha
Statistika agentligining xabar qilishicha, Oʻzbekiston Jahon banki tomonidan yuritiladigan “Xalqaro taqqoslash dasturi”da ilk bor rasman ishtirok etdi.
2024-yil 31-may kuni dasturning 2021-yilgi global bosqichi natijalari Jahon bankining rasmiy veb-saytida e'lon qilindi. Unga koʻra, Oʻzbekiston xarid qobiliyati pariteti boʻyicha 2021-yilda:
- yalpi ichki mahsulot hajmi 285 mlrd AQSh dollarni;
- aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 8 162 AQSh dollarni tashkil etdi.
Paritet nima?
Paritet – hisob-kitoblar jarayonida mamlakatlar oʻrtasida narxlar darajasidagi farqlarni bartaraf etadigan, oʻziga xos almashish koeffitsiyenti hisoblanib, xarid qobiliyati pariteti bir vaqtning oʻzida ham deflyator, ham pul birliklarini taqqoslama valyutaga aylantirish vositasidir.



