$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Bayram tuhfasi: Parij Paralimpiadasida O‘zbekiston delegatsiyasining medallar soni 11 taga yetdi

chempionlar

Paralimpiyaning 4-kuni. G‘oliblikni qo‘ldan bermay kelayotgan sportchilarimiz 5 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza bilan umumjamoa hisobida 7-o‘rinni egallab turibdi.

Oltin medal sohiblari

-80 kg vazn toifasida dayanga chiqqan Asad Toshtemirov finalda meksikalik Luis Mario Najyerani 38:17 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, jahon chempionligi yoniga Paralimpiada g‘olibligini ham qo‘shib qo‘ydi.

F57 klassida nayza uloqtirish bo‘yicha Yorqinbek Odilov ham 50.32 metr natija bilan chempionga aylandi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Kumush olgan Guljanoy

Para taekvondo bo‘yicha ayollar o‘rtasida +65 kg vazn toifasida dayanga chiqqan, Tokio-2020 chempioni Guljanoy Naimova esa finalda britaniyalik Emi Trusdeylga qarshi bahsda jarohat olib, jangni oxirigacha davom ettirolmadi va 2:8 hisobida yutqazib, bu safar kumush medalni qolga kiritdi.

3-bronza

Ayollar o‘rtasidagi disk uloqtirish (F57) bo‘yicha so‘nggi hal qiluvchi final bahsida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Mohigul Hamdamova diskni 32.75 metrga uloqtirdi va Paralimpiya o‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Medallar jadvali

Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi jami medallar 11 taga yetdi — 5 oltin, 3 kumush va 3 bronza bilan paralimpiyachilarimiz umumjamoa hisobida 7-o‘rinni egallab turibdi. Bu bilan biz Fransiyadan o‘zib ketdik. Paralimpiya mezbonlari hisobida 3 ta oltin, 6 ta kumush, 8 ta bronza medali bor. Xitoy Respublikasi 20 ta oltin, 15 ta kumush, 7 ta bronza, jami 42 ta medal bilan ro‘yxatda peshqadamlik qilyapti. Chin yurti vakillari kechagi bahslarda 8 ta oltin medal qo‘lga kiritishdi. O‘n bitta oltin, 8 ta kumush, 6 ta bronza medaliga ega Buyuk Britaniya ikkinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Braziliya delegatsiyasi 8 ta oltin, 3 ta kumush, 12 ta bronza medali bilan kuchli uchlikka yakun yasagan. Bizdan avvalgi o‘rinlardan Niderlandiya, AQSh va Avstraliya joy olgan. Yashil qit’a sportchilari bizdan bitta bronza ko‘p olishgan. Jami 36 davlat delegatsiyalari hisobida kamida 1 tadan oltin medal bor. Kamida 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan davlatlar soni 58 taga yetdi.

Теги :
Jamiyat