O‘zbekistonliklarning sog‘liqni saqlash xizmatlariga qiladigan xarajatlari oshgan
2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida mamlakatda sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,2 foizga oshgan.
2 daqiqa o‘qiladi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi 17,6 trln so‘mni tashkil etgan. Bu 2025-yilning mos davridagi ko‘rsatkich bilan taqqoslaganda, real hisobda 14,2 foiz ko‘p.
Xizmatlarning asosiy qismi qaysi yo‘nalishlarga to‘g‘ri keladi?
Hisobot davrida sog‘liqni saqlash sohasidagi jami xizmatlarning 32,3 foizi shifoxona muassasalari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Shifokorlik amaliyoti va stomatologiya xizmatlarining ulushi 14,4 foizni tashkil etgan. Qolgan 53,3 foiz esa sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq boshqa xizmatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hududlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar
Hududlar kesimida eng katta xizmatlar hajmi Toshkent shahrida qayd etilgan. Poytaxtda to‘qqiz oy davomida 8 trln so‘mlik sog‘liqni saqlash xizmati ko‘rsatilgan. Keyingi o‘rinlarni Toshkent va Samarqand viloyatlari egallagan.
Hududlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar quyidagicha:
Toshkent shahri — 8 trln so‘m;
Toshkent viloyati — 1,8 trln so‘m;
Samarqand viloyati — 1,3 trln so‘m;
Farg‘ona viloyati — 1 trln so‘m;
Namangan viloyati — 870,9 mlrd so‘m;
Andijon viloyati — 796,9 mlrd so‘m;
Buxoro viloyati — 609,2 mlrd so‘m;
Xorazm viloyati — 591,7 mlrd so‘m;
Qashqadaryo viloyati — 553,2 mlrd so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 525,1 mlrd so‘m;
Surxondaryo viloyati — 442,4 mlrd so‘m;
Jizzax viloyati — 395,7 mlrd so‘m;
Sirdaryo viloyati — 307,5 mlrd so‘m;
Navoiy viloyati — 296,3 mlrd so‘m.



