Seshanba, 17-noyabr, 2026
Havo 88 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☁ +6° kechasi +3°

O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga sayohat qilmoqda? — Reyting

Statistikaga ko‘ra, o‘zbekistonliklar xorijiy safarlar uchun asosan qo‘shni mamlakatlarni tanlagan. Birinchi o‘rinni Qirg‘iziston egallagan.

1 daqiqa o‘qiladi

Sayohat

Joriy yilning dastlabki 10 oyida 6,5 million nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijiy davlatlarga safar qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, xorijga sayohat qilgan o‘zbekistonliklar soni 2025-yilning yanvar–oktabr oylariga nisbatan 154,2 ming nafarga ko‘paygan.

Eng ko‘p tashrif buyurilgan davlatlar

Statistikaga ko‘ra, o‘zbekistonliklar xorijiy safarlar uchun asosan qo‘shni mamlakatlarni tanlagan. Birinchi o‘rinni Qirg‘iziston egallagan. Hisobot davrida ushbu davlatga 2 mln 983 ming 680 nafar fuqaro borgan.

O‘zbekistonliklar eng ko‘p tashrif buyurgan davlatlar reytingi quyidagicha:

  1. Qirg‘iziston — 2 mln 983 ming 680 kishi;

  2. Qozog‘iston — 1 mln 183 ming 775 kishi;

  3. Tojikiston — 1 mln 92 ming 184 kishi;

  4. Rossiya — 301 ming 420 kishi;

  5. Turkiya — 257 ming 904 kishi;

  6. Saudiya Arabistoni — 253 ming 789 kishi;

  7. BAA — 73 ming 289 kishi;

  8. Xitoy — 64 ming 809 kishi;

  9. Misr — 50 ming 463 kishi;

  10. Vetnam — 38 ming 276 kishi.