Turkiyada yashirinib yurgan O‘zbekiston fuqarolarini ushlash amaliyoti kuchaytiriladi
So‘nggi yillar davomida O‘zbekistonda tergov va suddan yashiringan ayrim shaxslarning Turkiya hududida yashirinishga urinishi bilan bog‘liq ko‘plab holatlar kuzatilmoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya va O‘zbekiston ichli ishlar vazirligi tomonidan Turkiyada yashirinib yurgan O‘zbekiston fuqarolarini ushlash amaliyoti kuchaytiriladi. Bu haqda Bosh konsulxona xabar bermoqda.
O‘zbekistonda qidiruvdagi shaxslar Turkiyada yashirinmoqda
Bosh konsulxona xabariga ko‘ra, so‘nggi yillar davomida O‘zbekistonda tergov va suddan yashiringan ayrim shaxslarning Turkiya hududida yashirinishga urinishi bilan bog‘liq ko‘plab holatlar kuzatilmoqda. Shu bilan birga, Turkiya va O‘zbekiston ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi o‘zaro huquqiy yordam tadbirlari doirasida bu kabi shaxslarga nisbatan jinoiy taqibni amalga oshirish samarali ko‘rinishga ega bo‘lgan.
10 oyda 37 nafar ayblanuvchi chet davlatdan qo‘lga olindi
Jumladan, birgina 2024-yilning 10 oyida javobgarlikdan qutulish maqsadida yillar davomida qardosh davlat hududida yashirinib yurgan 37 nafar ayblanuvchilar qo‘lga olinib, odil sudlov hukmiga havola etildi. Bundan buyon qidiruvdagi shaxslarni qo‘lga olish tadbirlari yanada kuchaytiriladi, jinoyatchilikka qarshi murosasiz kurash jadal davom ettiriladi, jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanadi.
Eslatma
Shuningdek, konsulxona qidiruvdagi shaxslar uchun yagona va eng to‘g‘ri yo‘l — “O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalariga yoki respublika huquqni muhofaza qiluvchi idoralariga murojaat qilish, tergov va sud protsessida qonuniy himoya huquqidan foydalanish” ekanligini eslatib o‘tgan.



