Seshanba, 10-noyabr, 2026
Havo 65 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌧 +12° kechasi +9°
Читать на русском

O‘zbekistonda maktablarida davomat 50 foizga ham yetmayapti — Erkinjon Turdimov

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Erkinjon Turdimovning aytishicha, ayrim o‘quvchilar darsga borish o‘rniga pul topish bilan band, boshqalari esa repetitor va o‘quv markazlariga qatnamoqda.

1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda maktablarida davomat 50 foizga ham yetmayapti — Erkinjon Turdimov

Vazir Sirdaryoda ishlagan davrida ichki ishlar xodimlari yordamida davomatni 80 foizga yetkazganini, ammo undan oshira olmaganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘quvchilarning taxminan 10 foizi ishlagan, yana 10 foizi esa repetitorlarga qatnagan.

Vazirning fikricha, bolalarni maktabga qaytarish uchun faqat nazoratni kuchaytirish yetmaydi, ta’lim sifatini ham yaxshilash kerak. Shu bilan birga, Toshkentda sinovdan o‘tkazilayotgan raqamli nazorat tizimini butun mamlakatga joriy etish rejalashtirilgan. Turdimov darsliklardagi xatolar haqida ham gapirib, ularni tuzatish bo‘yicha tegishli ta’lim muassasalariga takliflar yuborilganini bildirdi.